Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan og‘ir mahalla toifasiga kiritilgan Yoshlik mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlarining borishi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ–62-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mingchinor mahallasi hududida qurilishi boshlangan tikuvchilik korxonasida bo‘lib, qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Uchko‘prik mahallasiga tashrif buyurib, hududda tashkil etilayotgan baliq va baliq urug‘i yetishtirish laboratoriyasi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan mahalla binolarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining borishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan tumandagi 2-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani 20-Uchko‘prik saylov okrugi deputati Alimov Dilshodbek G‘ulomovich tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevral kungi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-62-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida To‘rttol mahallasida amaliy uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholi bilan muloqotni kuchaytirish, mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida To‘rttol mahallasida faoliyat olib borayotgan “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.G‘oziyev hamda kotibiyat xodimlari tomonidan tumandagi 11-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning sportga jalb etilishi, mavjud sport to‘garaklari faoliyati, shuningdek, sport jihozlari va sport zallarining holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining haftalik ish rejasi: Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining navbatdagi haftalik ish rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlarda tizimli o‘rganish ishlari, aholi bilan uchrashuvlar hamda muhim tashkiliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining haftalik ish rejasi:

 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining navbatdagi haftalik ish rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlarda tizimli o‘rganish ishlari, aholi bilan uchrashuvlar hamda muhim tashkiliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. 

 12-may, seshanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati A. Xasanov boshchiligida Olmazor tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari A.Xamidov, Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Shopotixov, XDP partiyasi Olmazor tumani Kengashi raisi X.Xamidovlar ishtirokida tumandagi 315-sonli umumta'lim maktabidagi o'qituvchilarning murojaatlari yuzasidan uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati I.Sagdullayev va “Xastimom” MFY yettilik vakillari ishtirokida navbatdagi uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🔍 Mas’ul: U. Shopotixov, B.Xoliqjonova

13-may, chorshanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 13-"Gulsaroy" okrugi deputati Dilorom Axmedova tomonidan "Gulasaroy" MFYda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida mahalla "yettilik" vakillarining faoliyatini o‘rganishlarni amalga oshiradi.

"Qo‘shtut" mahallasida aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumtaʼlim maktablari, kolledj va akademik litseylarning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlarini organish holati. Mazkur o‘rganish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-201-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida olib boriladi.

🔍 Mas’ul: U. Shopotixov, B. Xoliqjonova,

🗓 14-may, payshanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 15-"Bo‘stonobod" okrugi deputati U.Fayziyeva tomonidan tumandagi "Oltinsoy" mahallasida uchrashuv tashkil etilib unda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida hududiy o‘rganishlarni amalga oshiradi.

 

🔍 Mas’ul: U. Shopotixov, B.Xoliqjonova 

15-may, Juma kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 17-"Miskin" okrugi deputati P.Ziyo tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Kiberxavfsizlik to‘g‘risida"gi O‘RQ-764-sonli Qonun ijrosi boyicha davra suhbati (https://lex.uz/docs/5960604) o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

      Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati U.Fayziyeva "Qichqiriq" MFY yig‘inida 

2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilariga axborot beradi. Unda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida hududiy o‘rganishlarni amalga oshiradi.

🔍 Mas’ul: U. Shopotixov, B. Xoliqjonova 

 Mazkur vazifalarning o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlash Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Slide 1 of 2