Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan og‘ir mahalla toifasiga kiritilgan Yoshlik mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlarining borishi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ–62-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mingchinor mahallasi hududida qurilishi boshlangan tikuvchilik korxonasida bo‘lib, qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Uchko‘prik mahallasiga tashrif buyurib, hududda tashkil etilayotgan baliq va baliq urug‘i yetishtirish laboratoriyasi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan mahalla binolarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining borishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan tumandagi 2-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani 20-Uchko‘prik saylov okrugi deputati Alimov Dilshodbek G‘ulomovich tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevral kungi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-62-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida To‘rttol mahallasida amaliy uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholi bilan muloqotni kuchaytirish, mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida To‘rttol mahallasida faoliyat olib borayotgan “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.G‘oziyev hamda kotibiyat xodimlari tomonidan tumandagi 11-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning sportga jalb etilishi, mavjud sport to‘garaklari faoliyati, shuningdek, sport jihozlari va sport zallarining holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📌✨ HAFTALIK DAYJEST 🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 2026-yil 4–8-may kunlari hududlarda amalga oshirilgan tadbirlar

🔹 4-may
👩‍💼 Arbob va Istiqbol mahallalarida xotin-qizlar faollari faoliyati,
📑 ish hujjatlari yuritilishi,
⚖️ tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish borasidagi ishlar hamda
🏘 ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi.
♿️ Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarda olib borilayotgan ishlar ham monitoring qilindi.
🔹 5-may
🤝 Xotin-qizlar muammolarini hal etish yuzasidan sayyor qabul tashkil etildi.
📨 Aholi murojaatlari asosida deputatlik so‘rovlari yuborildi.
👮‍♂️ Mahallalarda profilaktika ishlari va hududiy faoliyat o‘rganildi.
🏛 “Adolat” SDP deputatlik guruhi hamda doimiy komissiyaning qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🔹 6-may
🖥 Davlat xizmatlari sifati,
📚 “Davlat tili haqida”gi Qonun ijrosi,
⚖️ fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish ishlari o‘rganildi.
🛡 Kiberjinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi.
🏫 41-son maktabdagi rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
🔹 7-may
📖 Normativ-huquqiy hujjatlar va murojaatlar bilan ishlash masalalari muhokama qilindi.
🏃‍♂️ Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish,
⚽️ jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha monitoring ishlari olib borildi.
♿️ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan sharoitlar ham o‘rganildi.
🔹 8-may
♻️ “Zamondosh” va “Asavey” mahallalarida chiqindilarni yig‘ish tizimi o‘rganildi.
🚛 “ECO KLASTER” MCHJ faoliyati va
🌿 Ekopatrul xizmatining hududdagi ishlari yuzasidan monitoring o‘tkazildi.
✨ Hududlarda amalga oshirilayotgan o‘rganishlar, monitoringlar va sayyor qabullar aholining muammolarini o‘z vaqtida hal etish, qonunlar ijrosini ta’minlash hamda hududlarni yanada obod qilishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 1