Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan og‘ir mahalla toifasiga kiritilgan Yoshlik mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlarining borishi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ–62-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mingchinor mahallasi hududida qurilishi boshlangan tikuvchilik korxonasida bo‘lib, qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Uchko‘prik mahallasiga tashrif buyurib, hududda tashkil etilayotgan baliq va baliq urug‘i yetishtirish laboratoriyasi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan mahalla binolarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining borishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan tumandagi 2-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani 20-Uchko‘prik saylov okrugi deputati Alimov Dilshodbek G‘ulomovich tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevral kungi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-62-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida To‘rttol mahallasida amaliy uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholi bilan muloqotni kuchaytirish, mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida To‘rttol mahallasida faoliyat olib borayotgan “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.G‘oziyev hamda kotibiyat xodimlari tomonidan tumandagi 11-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning sportga jalb etilishi, mavjud sport to‘garaklari faoliyati, shuningdek, sport jihozlari va sport zallarining holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
CHILONZOR TUMAN SOLIQ INSPEKSIYASI RAHBARI DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB BERDI.

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Xusainov Alisher Abduvahobovichning 29-ds-413-26-sonli deputat so‘roviga Chilonzor tuman Soliq inspeksiyasi rahbari Qodirov Iskandarjon Solijonovich tomonidan quyidagilar ma’lum qilingan.

Chilonzor tumani “Al-Xorazmiy” va “Bek to‘pi” mahallasidagi xonadonlarda Toshkent shahriga Respublikaning turli viloyatlaridan ishlash, o‘qish va boshqa shaxsiy masalalarda tashrif buyurgan fuqarolar ijarada yashab kelayotganliklari aniqlangan.

Biriktirilgan mahalla soliq inspektori tomonidan xozirgi kunga qadar “Al-Xorazmy” MFYda 75 ta xonadonga ijara shartnomasi rasmiylashtirilgan bo‘lib, 81,9 mln.so‘mga deklaratsiya asosida daromad solig‘i (turar joyni ijaraga berishdan olingan daromad) hisoblangan.

“Bek topi” MFYda 113 ta xonadonga ijara shartnomasi rasmiylashtirilgan bo‘lib, 111,0 mln.so‘mga deklaratsiya asosida daromad solig‘i (turar joyni ijaraga berishdan olingan daromad) hisoblangan.

️Deputat so'rovida ko‘rsatilgan holat “Al-Xorazmy” hamda “Bek-topi” MFYlarga biriktirilgan soliq inspektorlari hamda tumandagi boshqa mahallalarga biriktirilgan soliq xodimlari