Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati E.Nazarov tomonidan Quyitosh mahallasida joylashgan sport maktabining mavjud holatini o‘rganish maqsadida joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi. Tashrif davomida sport inshootining moddiy-texnik bazasi, mashg‘ulot xonalarining holati, sport jihozlari bilan ta’minlanganlik darajasi hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish jarayonida ayrim kamchiliklar, jumladan, jihozlarning yetarli emasligi, ta’mirtalab joylar mavjudligi aniqlandi. Shu bilan birga, yoshlar sport bilan shug‘ullanishi uchun yana-da qulay sharoitlar yaratish zarurligi ta’kidlandi.
Deputat tomonidan mas’ul tashkilotlarga mazkur kamchiliklarni bartaraf etish, sport maktabining faoliyatini yana-da rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, kelgusida mazkur masala doimiy nazoratga olinishi belgilandi.