🔹Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati G.Xusanova tomonidan tumandagi “Sharq yulduzi” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🔹Uchrashuv davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, har bir masala yuzasidan atroflicha o‘rganish ishlari olib borildi hamda amaldagi qonunchilik doirasida tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.
🔹Shuningdek, deputat tomonidan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-415-sonli Qonunining mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.
🔹Mazkur uchrashuv aholining huquqiy ongini oshirish, ularni qiynayotgan muammolarni joyida hal etish hamda manzilli ishlashni ta’minlashga xizmat qildi.