Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ–62-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mingchinor mahallasi hududida qurilishi boshlangan tikuvchilik korxonasida bo‘lib, qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Uchko‘prik mahallasiga tashrif buyurib, hududda tashkil etilayotgan baliq va baliq urug‘i yetishtirish laboratoriyasi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan mahalla binolarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining borishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan tumandagi 2-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani 20-Uchko‘prik saylov okrugi deputati Alimov Dilshodbek G‘ulomovich tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevral kungi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-62-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida To‘rttol mahallasida amaliy uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholi bilan muloqotni kuchaytirish, mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida To‘rttol mahallasida faoliyat olib borayotgan “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.G‘oziyev hamda kotibiyat xodimlari tomonidan tumandagi 11-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning sportga jalb etilishi, mavjud sport to‘garaklari faoliyati, shuningdek, sport jihozlari va sport zallarining holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Abdullayev tumandagi 3-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
"deputatlik so'rovi"ga mas’ul tashkilot tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar deputati F.Kaxxarova tomonidan yuborilgan "deputatlik so'rovi"ga mas’ul tashkilot tomonidan rasmiy javob taqdim etildi. 

 Sizning 37-ds-295-26 sonli so'rovnomaga asosan quyidagilarni ma'lum qiladi: Bemor Sh.Yunusova "Saxovat va ko‘mak" fondi orqali MISS elektron order orqali navbat raqami 1556157 bilan Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi travmatalogiya bo‘limiga jo‘natilgan. Viloyat komissiyasi ko‘rib chiqib Respublika ixtisoslashtirilgan travmatalogiya bo‘limi komissiyasi xujjatlarini ko‘rib chiqib jarroxlik amaliyoti o‘tkazishga muxtoj emasligi uchun qaytarilib viloyat darajasida konservativ davolanish tavsiyasi berilgan. 

Bemor K.Xolmirzayev Tibbiyot birlashmaga qarashli 1-oiylaviy poliklinikada “D” nazoratida Ikki tomonlama koksaartiroz tashxisi bilan turadi. Bemor MISS elektron order orqali navbat raqami 1361904 bilan Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga yuborilgan. Viloyat komissiyasi ko‘rib chiqib Respublika MILLIY TIBBIYOT MARKAZI komissiyasi xujjatlarini ko‘rib chiqib jarroxlik amaliyoti endoprotezlash o‘tkazilgan. Bemor kelgusi jarroxlik amaliyotini o‘tkazish shu yilning avgust oyiga rejalashtirilgan.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi