Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashiga 20-Taraqqiyot saylov okrugidan saylangan deputat Z.Mullajonov tomonidan Taraqqiyot mahallasidagi 6, 11 va 23-sonli umumta’lim maktablari atrofida toʻplanib qolgan maishiy chiqindilarni bartaraf etish yuzasidan “Toza hudud” DM tuman filialiga deputat soʻrovi yuborildi.
Ushbu murojaat yuzasidan mutasaddi tashkilot tomonidan quyidagilar ma’lum qilindi:
Aprel oyining oʻrtalarida gaz quyish shoxobchalaridagi texnik sabablar tufayli maxsus texnikalar harakatida vaqtinchalik kechikishlar yuzaga kelgan.
Yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida qoʻshimcha choralar koʻrildi.
20-21-aprel kunlari belgilangan grafik asosida maktablar hududidagi barcha chiqindilar toʻliq olib chiqib ketildi.
Hozirda ta’lim muassasalari atrofida sanitariya-epidemiologik barqarorlik ta’minlandi.