Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Uchko‘prik mahallasiga tashrif buyurib, hududda tashkil etilayotgan baliq va baliq urug‘i yetishtirish laboratoriyasi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan mahalla binolarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining borishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan tumandagi 2-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani 20-Uchko‘prik saylov okrugi deputati Alimov Dilshodbek G‘ulomovich tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevral kungi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-62-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida To‘rttol mahallasida amaliy uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholi bilan muloqotni kuchaytirish, mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida To‘rttol mahallasida faoliyat olib borayotgan “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.G‘oziyev hamda kotibiyat xodimlari tomonidan tumandagi 11-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning sportga jalb etilishi, mavjud sport to‘garaklari faoliyati, shuningdek, sport jihozlari va sport zallarining holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Abdullayev tumandagi 3-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi raisi X.Raximov tomonidan Kelajak mahallasi uchun barpo etilayotgan yangi ma’muriy bino qurilishi holati joyiga chiqib o‘rganildi.
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining joriy hafta uchun ish rejalari belgilandi.

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi tomonidan joriy haftada hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini joyida o‘rganish hamda qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilishga qaratilgan tizimli ishlar davom ettiriladi.

✅ Deputatlar tomonidan joylarga chiqqan holda 24 ta eng muhim yo‘nalish bo‘yicha o‘rganishlar olib boriladi. 

🗓 27-aprel, dushanba kuni "Yangi Toshkent" MFY Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari to‘grisida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 talik TAVSIYALAR asosida uchrashuv o‘tkaizlishi rejalashtirilgan;

🔍 Mas’ul: D.Raxmatullayev, U.Shopotixov

🗓 28-aprel, seshanba kuni 23-Zarqaynar okrugi deputati Ismail Sagdullayev tomonidan Olmazor tumanidagi "Xastimom" mahallasida 2026-yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha axborot beradi;

🔍 Mas’ullar: D.Raxmatullayev, B.Xoliqjonova

🗓 29-aprel, chorshanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining III chaqiriq 27-sessiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

🔍 Mas’ullar: U.Shopotixov, B.Xoliqjonova

🗓 30-aprel, payshanba kuni Abdulla Qodiriy nomidagi Prezident ijod maktabida deputat va yoshlar uchrashuvi 

🔍 Mas’ullar: U.Shopotixov, B.Xoliqjonova

🗓 1-amay, Juma kuni 7-Chamanbog‘ okrugi deputati Abdumannop Abdukayumov tomonidan 2026-yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha o‘z okrugida axborot beradi;

🔍 Mas’ullar: U.Shopotixov, B.Xoliqjonova

🗓 1-may, Juma kuni kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Ziyo Parizodning "Biz korrupsiyaga yo‘q deymiz” shiori ostida tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

📌 Olmazor tumani hududlarida olib borilayotgan tizimli ishlar orqali aholining dolzarb muammolarini bartaraf etish hamda ochiq va samarali deputatlik faoliyatini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 1