Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ–62-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mingchinor mahallasi hududida qurilishi boshlangan tikuvchilik korxonasida bo‘lib, qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Uchko‘prik mahallasiga tashrif buyurib, hududda tashkil etilayotgan baliq va baliq urug‘i yetishtirish laboratoriyasi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan mahalla binolarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining borishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan tumandagi 2-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani 20-Uchko‘prik saylov okrugi deputati Alimov Dilshodbek G‘ulomovich tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevral kungi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-62-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida To‘rttol mahallasida amaliy uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholi bilan muloqotni kuchaytirish, mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida To‘rttol mahallasida faoliyat olib borayotgan “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.G‘oziyev hamda kotibiyat xodimlari tomonidan tumandagi 11-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning sportga jalb etilishi, mavjud sport to‘garaklari faoliyati, shuningdek, sport jihozlari va sport zallarining holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Abdullayev tumandagi 3-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Haftalik ish-reja

27-aprel -1-may kunlari Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi tomonidan hududlarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:

 🔹 27.04.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda shu oyda sessiyaga kiritiladigan masalalarni qoida tariqasida joyiga chiqib o‘rganadi.

 Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov

🔹 28.04.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan birgalikda "Yangi makon" OFY da mahalla yettiligi faoliyatini o'rganadi.

 Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov

🔹 29.04.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov

🔹 30.04.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat Daubaeva Bazargul Maxammatdinovna kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov bilan birgalikda "Do'stlik" mahalladasidagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi bo‘yicha ishlarni o‘rganadi. 

Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov

🔹 01.05.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga "Adolat" Sotsial demokratik partiyasidan saylangan deputat Bekimbetova Sayyara Seytimovna kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta'lim maktablari va kollejlarning sport zallari hamda ulardagi sport anjomlarning mavjudligini, jihozlar holatini o'rganadi. 

 Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov