Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati o'rganildi
🔰Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, “Adolat” SDP partiyasidan 14-Navro‘z saylov okrugidan saylangan deputat Nargiza Abdukadirova nomidan, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Dilnoza Ulug‘bekova tomonidan hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi.
♻️O‘rganish jarayonida, ayniqsa “qizil” va “sariq” toifaga kiruvchi hududlarda jinoyatchilikni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi. Shuningdek, tuman ichki ishlar bo‘limining tashkiliy tuzilmasi, tezkor-xizmat faoliyati hamda xodimlarga qo‘yilgan talablar mutlaqo yangicha yondashuv asosida takomillashtirilayotgani aniqlandi.
❇️Ta’kidlanganidek, ichki ishlar organlari tizimini haqiqiy “xalqchil ichki ishlar organlari”ga aylantirish maqsadida kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Tezkor-xizmat faoliyatida asosiy e’tibor jinoyat va huquqbuzarliklar oqibatlari bilan kurashishga emas, balki ularning barvaqt oldini olishga qaratilmoqda.
✅Bu borada barcha davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda jamoatchilik institutlari bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish orqali “jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish” tamoyili ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan.