Nurobod tumani hokimining o‘rinbosari M. Mahamov hamda xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 21-Sahoba saylov okrugi deputati B.Oblanov Sahoba mahallasida yashovchi fuqarolarni qabul qildi.
Qabul davomida fuqarolarning yaylov yerlardan foydalanish hamda noqonuniy qurilishlar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qo‘llanilgan ma’muriy jarimalarni bartaraf etish bo‘yicha murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Mas’ullar tomonidan murojaatchilarga amaldagi qonunchilik talablari asosida batafsil huquqiy tushuntirishlar berilib, mavjud masalalarni qonuniy tartibda hal etish yuzasidan zarur tavsiyalar bildirildi.
✅ Fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning muammolariga qonuniy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.