Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova xizmat tashrifi doirasida Sariq-suv mahallasida bo‘lib, mahalla raisi hamda profilaktika inspektorining xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova xizmat tashrifi doirasida Sariq-suv mahallasida bo‘lib, mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, amalga oshirilayotgan ijtimoiy loyihalar hamda xotin-qizlar faolining xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Namuna mahallasiga amalga oshirilgan tashrif davomida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda tuman Kengashi deputati J.Ismonovalar mahallada yaqinda barpo etilgan piyodalar yo‘lakchasini hamda yangi asfalt qilingan Shinam va Ko‘xinur ko‘chalarini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda tuman Kengashi deputati J.Ismonovalarga Namuna mahallasi raisi M.Jo‘rayev hududda amalga oshirilayotgan infratuzilmaviy loyihalarни tanishtirib o‘tdi. Xususan, mahallada qurilishi boshlangan piyodalar yo‘lakchasi hamda avtotransport vositalari uchun mo‘ljallangan “karmashka” yo‘l loyihasining borishi, qurilish ishlarining bugungi holati va uning aholi uchun ahamiyati yuzasidan ma’lumot berdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda tuman Kengashi deputati J.Ismonovalar Namuna mahallasiga tashrif buyurdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida Cho‘lobod mahallasida joylashgan 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilovlar tomonidan saylov okrugida olib borilgan xonadonbay o‘rganish ishlari davomida To‘rttol mahallasi, Ona yer ko‘chasi, 9-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Shukurov Odiljonning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilovlar tomonidan saylov okrugida aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlari va muammolarini o‘rganish maqsadida xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova tomonidan o‘ziga biriktirilgan To‘rttol mahallasi hududida tuman Kengashi deputati U.Achilov bilan birgalikda aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasi fuqarolar yig‘ini binosida amalga oshirilayotgan joriy ta’mirlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

 Deputat mahalladagi tibbiy xizmatlar holatini o‘rgandi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 18-Cho‘yinchi–Qishloqbozor saylov okrugi deputati B. Toshpo‘latov tomonidan “Qishloqbozor” mahallasi hududida joylashgan 87-Chuqrko‘l oilaviy poliklinikasiga qarashli Qishloqbozor filialida o‘rganish ishlari olib borildi.

🏥 O‘rganish jarayonida muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, mavjud shart-sharoitlar hamda profilaktik tadbirlarning tashkil etilish holati atroflicha tahlil qilindi.

📊 Deputat tomonidan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlarni kuchaytirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

👩‍⚕️ Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan o‘tkazilgan muloqot davomida xizmat ko‘rsatish madaniyatini yuksaltirish, aholining tibbiy savodxonligini oshirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 4