Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi raisi X.Raximov tomonidan Kelajak mahallasi uchun barpo etilayotgan yangi ma’muriy bino qurilishi holati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.G‘oziyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev va G.Abduvositovalar tomonidan Oq-tom mahallasida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati X.Atajonovalar tomonidan Ulug‘bek mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor Tumani Kengashi raisi X.Raximov payshanba — yoshlar kuni munosabati bilan Nurobod mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Qodirov hududda faoliyat yuritayotgan “Kostan fiber” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga amaliy tashrif bilan bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi raisi X.Raximov tomonidan og‘ir toifadagi mahallalarda aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi.
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot – taraqqiyot omili
янв.21
Deputat va tibbiyot xodimlari uchrashuvi
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati N.Nishonov o‘z saylov okrugida joylashgan 38-qishloq oilaviy poliklinikasining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Bog‘iston MFYda piyodalar yo‘lagi muammosi - deputat aralashuvi bilan vaziyat nazoratga olindi

Bog‘iston MFYda piyodalar yo‘lagi muammosi - deputat aralashuvi bilan vaziyat nazoratga olindi

 🇺🇿 Uchtepa tumani “Bog‘iston” mahallasi hududida yuzaga kelgan muammo deputat aralashuvi orqali o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi. Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "18-Bog‘iston" saylov okrugi deputati Anvar Usmanovga mahalla raisi tomonidan rasmiy murojaat yo‘llandi.

 📝 Murojaatda qayd etilishicha, “Bog‘iston” mahallasi hududida 52 ta ko‘p qavatli uy bo‘lib, ularda 2 733 ta xonadon va qariyb 8 450 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahalla hududida joylashgan 62-sonli umumta’lim maktabida esa hozirgi kunda 1 759 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

 ⚠️ Muammo maktabga tutash hududda, 25-sonli oilaviy poliklinika yonida “EL YURT BUILDINGS” MChJ tomonidan olib borilayotgan qurilish ishlari bilan bog‘liq. Qurilish tashkiloti tomonidan tegishli tartib-qoidalarga rioya etilmagan holda, maktab devori va piyodalar yo‘lagi oralig‘i kavlab tashlangan, natijada tuproq va qurilish chiqindilari yo‘lakka chiqarib yuborilgan. Bu esa maktab o‘quvchilari, ularning ota-onalari hamda ushbu yo‘lakdan foydalanuvchi fuqarolar uchun jiddiy noqulayliklar tug‘dirmoqda.

 🔺 Mahalla faollari tomonidan mazkur tashkilot vakillariga bir necha bor murojaat qilinganiga qaramasdan, muammo e’tiborsiz qoldirilgan. Shundan so‘ng masala deputat tomonidan nazoratga olinib, joyiga chiqib o‘rganildi.

 💼 O‘rganish jarayonida deputat Anvar Usmanovga Uchtepa tumani hokimining qurilish va to‘siqlarsiz muhit yaratish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Nurali Ismatov hamrohlik qildi. Holat joyida ko‘zdan kechirilib, murojaatda keltirilgan barcha kamchiliklar o‘z tasdig‘ini topdi.

 📊 Shu yerning o‘zida qurilish tashkiloti rahbari chaqirtirilib, piyodalar uchun mo‘ljallangan yo‘lakni ikki kun muddatda avvalgi holatiga keltirish bo‘yicha qat’iy talab qo‘yildi. Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan nazorat o‘rnatilib, masala to‘liq hal etilgunga qadar deputat tomonidan doimiy monitoring olib borilishi bildirildi.

 📁 Mazkur holat yana bir bor hududlarda olib borilayotgan qurilish ishlari ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Fuqarolar xavfsizligi va qulayligini ta’minlash esa har qanday qurilish jarayonining ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi shart.

Slide 1 of 5