Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ–62-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mingchinor mahallasi hududida qurilishi boshlangan tikuvchilik korxonasida bo‘lib, qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Uchko‘prik mahallasiga tashrif buyurib, hududda tashkil etilayotgan baliq va baliq urug‘i yetishtirish laboratoriyasi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan mahalla binolarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining borishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan tumandagi 2-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani 20-Uchko‘prik saylov okrugi deputati Alimov Dilshodbek G‘ulomovich tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevral kungi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-62-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida To‘rttol mahallasida amaliy uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholi bilan muloqotni kuchaytirish, mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida To‘rttol mahallasida faoliyat olib borayotgan “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.G‘oziyev hamda kotibiyat xodimlari tomonidan tumandagi 11-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning sportga jalb etilishi, mavjud sport to‘garaklari faoliyati, shuningdek, sport jihozlari va sport zallarining holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Abdullayev tumandagi 3-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
#_Deputat_faoliyati Nuroniylar murojaatlari o‘rganildi

#_Deputat_faoliyati

Nuroniylar murojaatlari o‘rganildi 

️ Sariosiyo tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Odiljon Yaqubov hamda tuman Kengashi deputati S.Qosimov, tuman IIB boshlig‘i G‘.Xo‘jamqulovlar fuqarolar tomonidan viloyat va tuman hokimi nomiga yo‘llangan murojaatlarni joyiga chiqqan holda o‘rganmoqda.

Jumladan:

 Tegishli soha mas’ullari ishtirokida tumanning Shahriobod mahallasida yashovchi fuqaro Q.Norqulovning yashash xonadoni va bir nechta masalasidagi murojaati o'rganildi;

️ Shahriobod mahallasida yashovchi fuqaro X.Bekmirzaevning yashash xonadoni hamda gaz masalasidagi murojaati tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o'rganildi;

️ Shirin mahallasida yashovchi 101 yoshli fuqaro I.Shodmonovning ichki yo‘llarni ta’mirlash yuzasidan bildirgan murojaati tegishli mas’ullar ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

️ Shunga ko‘ra, fuqarolar tomonidan murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni belgilangan tartibda hal etish, mahallalarda infratuzilmani yaxshilash hamda aholi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish belgilab olindi.

Slide 1 of 3