Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan og‘ir mahalla toifasiga kiritilgan Yoshlik mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlarining borishi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ–62-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mingchinor mahallasi hududida qurilishi boshlangan tikuvchilik korxonasida bo‘lib, qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Uchko‘prik mahallasiga tashrif buyurib, hududda tashkil etilayotgan baliq va baliq urug‘i yetishtirish laboratoriyasi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan mahalla binolarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining borishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan tumandagi 2-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani 20-Uchko‘prik saylov okrugi deputati Alimov Dilshodbek G‘ulomovich tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevral kungi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-62-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida To‘rttol mahallasida amaliy uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholi bilan muloqotni kuchaytirish, mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida To‘rttol mahallasida faoliyat olib borayotgan “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.G‘oziyev hamda kotibiyat xodimlari tomonidan tumandagi 11-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning sportga jalb etilishi, mavjud sport to‘garaklari faoliyati, shuningdek, sport jihozlari va sport zallarining holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Murojaatlar tinglandi – muammolar o‘rganildi

 Deputat o‘rganishlari davomida aniqlangan muammolar: hududdagi 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabi oʻquvchilarining katta yoʻl qatnov qismidan o‘quv mashg‘ulotlariga kelib – ketishlarini inobatga olib, yaroqsiz holatga kelib qolgan piyodalar yoʻlagini qayta asfaltlashtirish orqali besh yuz nafardan ortiq oʻquvchining hafsizligi taminlanadi. Shuningdek uch mingan ziyod aholi xavfsizligi ta’minlanishi hudud barqarorligiga munosib hissa bo‘lib qo‘shiladi. 

Yoshlar yetakchisi tomondan yoshlarni kasbga yoʻnaltirish va xorijiy tillarni o‘zlashtirganligi to‘g‘risida sertifikatlar olishida ko‘maklashish uchun amaliy ishlar qilinayapti. Ya’ni nemis tilini o‘rganish boʻyicha 3 nafar oʻquvchi keyingi olti oylik badal pullarini oʻlish uchun tayyorlanayapti. 

Ijtimoiy hodim tomonida aholiga amaliy yordam koʻrsatib kelinmoqda. Jumladan, hududa ayollar bandligini taminlash hamda nogironligi bor shaxslarni kasbga hamda sport va jismoniy madaniyatga qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida musobaqalar oʻtkazilib, musobaqalarning tuman va viloyat bosqichlarida ishtiroklari taʼminlangan. Shu bilan birga alohida
yordamga muhtoj insonlar holidan habar olinayotganligi va ular bepul dori vositalari bilan talablar darajasida taminlanayotganligi aniqlandi.
 

Mahalla fuqarolar yig‘ini aholisidan tushgan murojaatlar yuzasidan mutasaddilarga deputat so‘rovlari tayyorlanmoqda. 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1