Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Uchko‘prik mahallasiga tashrif buyurib, hududda tashkil etilayotgan baliq va baliq urug‘i yetishtirish laboratoriyasi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan mahalla binolarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining borishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan tumandagi 2-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani 20-Uchko‘prik saylov okrugi deputati Alimov Dilshodbek G‘ulomovich tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevral kungi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-62-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida To‘rttol mahallasida amaliy uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholi bilan muloqotni kuchaytirish, mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida To‘rttol mahallasida faoliyat olib borayotgan “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.G‘oziyev hamda kotibiyat xodimlari tomonidan tumandagi 11-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning sportga jalb etilishi, mavjud sport to‘garaklari faoliyati, shuningdek, sport jihozlari va sport zallarining holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Abdullayev tumandagi 3-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi raisi X.Raximov tomonidan Kelajak mahallasi uchun barpo etilayotgan yangi ma’muriy bino qurilishi holati joyiga chiqib o‘rganildi.
#Haftalik_dayjest

2026-yil 13-18-aprel kunlari uchun belgilangan Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining haftalik ish rejasiga muvofiq, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi va uning doimiy komissiyalari hamda deputatlar, kotibiyat xodimlari tomonidan hafta davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini hal etish, davlat xizmatlari sifatini oshirish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish borasida qator tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar, xususan, “Amudaryo tumanidagi ijro etuvchi hokimiyat organlarida ijro intizomining holati to‘g‘risida”gi masala ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Kengash ish rejasiga muvofiq navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritiladigan masalalar muhokama qilindi. Jumladan “Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi” daromadlari va xarajatlari ijrosi va Amudaryo tumani budjetining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash masalalari ko'rib chiqildi.

Hududlarda deputatlar tomonidan saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, aholini qiynayotgan muammolar o‘rganildi. Xususan, deputatlar M.O‘razbayev, Q.Beshbayev, M.Raximova, O.Yo‘ldoshov, S.Jumamuratova, Y.Ahmedov, M.Kazakov, X.Rajapova va boshqalar tomonidan turli mahallalarda o‘rganishlar olib borildi. Uchrashuvlar davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tartibda deputat so‘rovlari yuborildi.

Shuningdek, mahallalarda “mahalla yettiligi” faoliyati samaradorligi, ijtimoiy yordamga muhtoj aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, nafaqa va moddiy yordam tayinlash jarayonlari o‘rganildi. Do‘rman, Qilichboy, Beruniy, Ayoqchi va Bosuv mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar “E-Kengash" – Mahalliy hokimiyat vakillik organlari” portali orqali doimiy nazoratga olinib, ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi ta’minlanmoqda.

Bundan tashqari, deputatlar tomonidan davlat xizmatlari markazi hamda FHDY organlarida aholiga xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli farmoniga asosan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tumanda ijtimoiy ahamiyatga ega infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda. Xususan, Gurlan shox ko‘chasida piyodalar yo‘laklarini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Hududda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga davlat subsidiyalari asosida quyosh panellarini o‘rnatish jarayonlari ham deputatlar nazoratida bo‘lib, bu borada ham bir qator deputat so‘rovlari yuborildi.

Shuningdek, tuman Kengashi raisi A.Yuldashev raisligida siyosiy partiyalar vakillari, kotibiyat xodimlari hamda yoshlar maslaxat guruhi a'zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, deputatlar faoliyati tahlil qilindi va keyingi haftalik ish rejalar muhokama qilindi.

O‘zLiDeP deputatlik guruhi yig‘ilishida esa 2025-yil uchun belgilangan investitsiya loyihalari ijrosi tanqidiy muhokama qilinib, 2026-yil uchun rejalashtirilgan loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

Bundan tashqari, tuman hokimi va Kengash raisi tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazilib, murojaatlar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqildi.

Umuman olganda, haftalik ishlar davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini hal etish, davlat xizmatlari sifatini oshirish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirildi.

Slide 1 of 1