Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Uchko‘prik mahallasiga tashrif buyurib, hududda tashkil etilayotgan baliq va baliq urug‘i yetishtirish laboratoriyasi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan mahalla binolarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining borishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan tumandagi 2-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani 20-Uchko‘prik saylov okrugi deputati Alimov Dilshodbek G‘ulomovich tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevral kungi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-62-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida To‘rttol mahallasida amaliy uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholi bilan muloqotni kuchaytirish, mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida To‘rttol mahallasida faoliyat olib borayotgan “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.G‘oziyev hamda kotibiyat xodimlari tomonidan tumandagi 11-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning sportga jalb etilishi, mavjud sport to‘garaklari faoliyati, shuningdek, sport jihozlari va sport zallarining holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Abdullayev tumandagi 3-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi raisi X.Raximov tomonidan Kelajak mahallasi uchun barpo etilayotgan yangi ma’muriy bino qurilishi holati joyiga chiqib o‘rganildi.
MAHALLADA MANZILLI YORDAMLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI

 MAHALLADA MANZILLI YORDAMLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati B.Sharipov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M. Toʻxtasinov hamkorlikda M. Xasanov
mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘rganish ishlarini olib bordilar. 

  

O‘rganish jarayonida mahalla mas’ullari ishtirokida aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanishi, ular orqali qo‘shimcha daromad
manbalarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, kambag‘allik reystrida turgan oilalar hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar, ularning natijadorligi va aholi hayotiga ta’siri manzilli o‘rganildi. 

  

O‘rganish davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning muammo va takliflari tinglandi. Mutasaddilarga mavjud kamchiliklarni
bartaraf etish, aholini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. 

   

Slide 1 of 4