Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani 20-Uchko‘prik saylov okrugi deputati Alimov Dilshodbek G‘ulomovich tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevral kungi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-62-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida To‘rttol mahallasida amaliy uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholi bilan muloqotni kuchaytirish, mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida To‘rttol mahallasida faoliyat olib borayotgan “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.G‘oziyev hamda kotibiyat xodimlari tomonidan tumandagi 11-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning sportga jalb etilishi, mavjud sport to‘garaklari faoliyati, shuningdek, sport jihozlari va sport zallarining holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Abdullayev tumandagi 3-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi raisi X.Raximov tomonidan Kelajak mahallasi uchun barpo etilayotgan yangi ma’muriy bino qurilishi holati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.G‘oziyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev va G.Abduvositovalar tomonidan Oq-tom mahallasida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati X.Atajonovalar tomonidan Ulug‘bek mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari holati o‘rganildi.
2026-yil 28-mart sanasida Andijon Suv Ta'minoti AJ Andijon shahar filialiga yuborilgan deputat so'roviga mas'ullar ishtirokida o'rganish uchun qo'shimcha vaqt talab etilganligi sababli 15.04.2026-yil tegishli mutasaddilar tomonidan javob xati taqdim etildi.

#deputat_soʻrovi_javobi #deputatlik_faoliyati #jamoatchilik_munosabati

2026-yil 28-mart sanasida Andijon Suv Ta'minoti AJ Andijon shahar filialiga yuborilgan deputat so'roviga mas'ullar ishtirokida o'rganish uchun qo'shimcha vaqt talab etilganligi sababli 15.04.2026-yil tegishli mutasaddilar tomonidan javob xati taqdim etildi.

Ushbu so'rov mazmunida Andijon shahar Al-Buxoriy MFYda N.To'xtasinov ko'chasida oqava hamda ichimlik suvi tarmog'i ma'nan eskirgani va uni yangisiga almashtirish choralarini ko'rish haqida yuborilgan edi.

Andijon Suv Ta'minoti AJ Andijon shahar filiali tomonidan ushbu so'rov joyiga chiqqan holda mutaxassislar ishtirokida o'rganildi.

O'rganishlar davomida ushbu N.To'xtasinov ko'chasidagi oqava hamda ichimlik suvi tarmoqlari haqiqatda eskirgani va ushbu yangilanishlar bo'yicha davlat dasturlariga kirish uchun ro'yxatga olingani ma'lum qilindi.

Slide 1 of 2