#24_ta_masala
#Deputat_faoliyati
🏛Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Shakarov tomonidan Ko‘lto‘sin mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish hamda fuqarolarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
📊O‘rganish davomida mahalladagi hokim yordamchisining faoliyati, aholini doimiy va mavsumiy ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, subsidiya va imtiyozli kreditlar asosida tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishidagi ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
📈Shuningdek, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, o‘zini o‘zi band qilish dasturlariga jalb etish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)