Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Uchko‘prik mahallasiga tashrif buyurib, hududda tashkil etilayotgan baliq va baliq urug‘i yetishtirish laboratoriyasi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan mahalla binolarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining borishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan tumandagi 2-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani 20-Uchko‘prik saylov okrugi deputati Alimov Dilshodbek G‘ulomovich tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevral kungi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-62-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida To‘rttol mahallasida amaliy uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholi bilan muloqotni kuchaytirish, mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida To‘rttol mahallasida faoliyat olib borayotgan “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.G‘oziyev hamda kotibiyat xodimlari tomonidan tumandagi 11-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning sportga jalb etilishi, mavjud sport to‘garaklari faoliyati, shuningdek, sport jihozlari va sport zallarining holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Abdullayev tumandagi 3-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi raisi X.Raximov tomonidan Kelajak mahallasi uchun barpo etilayotgan yangi ma’muriy bino qurilishi holati joyiga chiqib o‘rganildi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Suhrob Saifnazarov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Suhrob Saifnazarov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi

📍 Yangihayot tumani “Al-Farg‘oniy” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan yig‘ilishda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Suhrob Saifnazarov 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan mahalla faollari va saylovchilar oldida axborot berdi.

✅ Yig‘ilishda mahalla yettiligi, kengash a’zolari, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodimlar hamda yoshlar yetakchilari ishtirok etib, chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha axborot taqdim etdilar.

🗣 Deputat o‘z hisobotida aholi murojaatlarini o‘rganish, ularni tizimli hal etish, mahalladagi ijtimoiy muammolarni bartaraf etish hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash borasida olib borilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Ta’kidlanganidek, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida bir qator masalalar joyida hal etilib, ayrimlari yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.

📊 Shuningdek, yig‘ilish davomida mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda aholi bilan manzilli ishlash masalalari muhokama qilindi.

🌀 Bundan tashqari, deputat 2026-yilning birinchi choragi davomida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining sessiyalarida hamda doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini hal etish va mahallalar bilan hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan masalalar muhokamasida qatnashdi hamda qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib bordi.

📌 Shu bilan birga, deputat tomonidan “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning mahalla yettiligi bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ijrosini ta’minlash maqsadida “Al-Farg‘oniy” mahallasida 2026-yilning ikkinchi choragida amalga oshiriladigan ishlar rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

🗣 Uchrashuv yakunida bildirilgan taklif va mulohazalar asosida tegishli vazifalar belgilab olinib, ularni amalga oshirish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar davom ettirilishi hamda deputatlik nazorati o‘rnatilishi ta’kidlandi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 10