Mamlakatimizda inson qadrini yuksaltirish, jamiyatda ijtimoiy adolat tamoyillarini qaror toptirish hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🧠 Shu maqsadda Xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman kengashlari huzuridagi yoshlar maslahat guruhi a’zolari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
🥉 Mazkur nufuzli bellashuvda Shovot tumani jamoasi yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, III o‘rinni egalladi hamda III darajali diplom bilan taqdirlandi.
👏 Ushbu yutuq yoshlarning bilimga bo‘lgan intilishi, intellektual salohiyati va jamoaviy hamjihatlikdagi harakatining yorqin namunasidir.
🚀 Bunday natijalar yoshlarni yanada ruhlantirib, kelgusida yanada yuqori marralarni zabt etishga undaydi!