Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi raisi X.Raximov tomonidan Kelajak mahallasi uchun barpo etilayotgan yangi ma’muriy bino qurilishi holati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.G‘oziyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev va G.Abduvositovalar tomonidan Oq-tom mahallasida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati X.Atajonovalar tomonidan Ulug‘bek mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor Tumani Kengashi raisi X.Raximov payshanba — yoshlar kuni munosabati bilan Nurobod mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Qodirov hududda faoliyat yuritayotgan “Kostan fiber” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga amaliy tashrif bilan bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi raisi X.Raximov tomonidan og‘ir toifadagi mahallalarda aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi.
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot – taraqqiyot omili
янв.21
Deputat va tibbiyot xodimlari uchrashuvi
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati N.Nishonov o‘z saylov okrugida joylashgan 38-qishloq oilaviy poliklinikasining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi raisi X.R. Sultonov tumandagi 18-umumiy o‘rta ta’lim muassasasida

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi raisi X.R. Sultonov tumandagi 18-umumiy o‘rta ta’lim muassasasida Viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda Qizil yarim oy jamiyati tuman bo‘limi tashabbusi bilan tashkil qilingan filtrlangan ichimlik suvi berish agregatini o‘rnatish va ochilish jarayonida ishtirok etdi.

Tuman Kengashi raisi ushbu xayrli tashabbusni tumanning chekka hududlarida joylashgan ta’lim muassasalarida ham joriy etish yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi.

Shu o‘rinda, tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi xodimlarining “Yashil makon” umumilliy dasturi doirasida tumanda olib borilayotgan ishlarida tuman Kengashi deputatlari bilan hamkorlikdagi sa’y-harakatlari alohida qayd etildi. 

Slide 1 of 1