Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Uchko‘prik mahallasiga tashrif buyurib, hududda tashkil etilayotgan baliq va baliq urug‘i yetishtirish laboratoriyasi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan mahalla binolarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining borishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan tumandagi 2-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani 20-Uchko‘prik saylov okrugi deputati Alimov Dilshodbek G‘ulomovich tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevral kungi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-62-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida To‘rttol mahallasida amaliy uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholi bilan muloqotni kuchaytirish, mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida To‘rttol mahallasida faoliyat olib borayotgan “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.G‘oziyev hamda kotibiyat xodimlari tomonidan tumandagi 11-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning sportga jalb etilishi, mavjud sport to‘garaklari faoliyati, shuningdek, sport jihozlari va sport zallarining holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Abdullayev tumandagi 3-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi raisi X.Raximov tomonidan Kelajak mahallasi uchun barpo etilayotgan yangi ma’muriy bino qurilishi holati joyiga chiqib o‘rganildi.
➡️Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Musurmonov tomonidan tuman hokimi o‘rinbosari U.Quvatovga deputatlik so‘rovi yuborildi.

#Deputat_sorovi 

➡️Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Musurmonov tomonidan tuman hokimi o‘rinbosari U.Quvatovga deputatlik so‘rovi yuborildi.

✍️Mazkur deputatlik so‘rovida Guliston mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlariga asosan hududdagi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalasi ko‘tarilgan. Jumladan, Dala do‘koni oldi hamda 15-maktab chorrahasida svetofor o‘rnatish zarurligi ta’kidlangan.

⚡️Nuriston va Ko‘ksaroy ko‘chalari kesishmasida transport va piyodalar harakati yuqori ekanligi inobatga olinib, ushbu hududga zamonaviy svetofor o‘rnatish bo‘yicha taklif ilgari surilgan.

🔼Deputat tomonidan yo‘llangan so‘rovda mas’ul tashkilotlar tomonidan mazkur masalani atroflicha o‘rganib chiqish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rish so‘ralgan.

✏️Mazkur masala bo'yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mas'ul shaxsdan javob olingach, qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 1