Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Uchko‘prik mahallasiga tashrif buyurib, hududda tashkil etilayotgan baliq va baliq urug‘i yetishtirish laboratoriyasi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan mahalla binolarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining borishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan tumandagi 2-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani 20-Uchko‘prik saylov okrugi deputati Alimov Dilshodbek G‘ulomovich tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevral kungi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-62-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida To‘rttol mahallasida amaliy uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholi bilan muloqotni kuchaytirish, mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida To‘rttol mahallasida faoliyat olib borayotgan “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.G‘oziyev hamda kotibiyat xodimlari tomonidan tumandagi 11-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning sportga jalb etilishi, mavjud sport to‘garaklari faoliyati, shuningdek, sport jihozlari va sport zallarining holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Abdullayev tumandagi 3-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi raisi X.Raximov tomonidan Kelajak mahallasi uchun barpo etilayotgan yangi ma’muriy bino qurilishi holati joyiga chiqib o‘rganildi.
Hududda jinoyatchilikka qarshi kurash holati o‘rganildi.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi kotibiyati mudiri X.Ibragimova, shahar kengashining deputatlari G.Sharipova, U.Abdunazarov hamrohligida shaharning
“qizil” toifasiga kirgan “Sayxun” va “og‘ir” toifadagi “O‘zbekiston” mahallasida profilaktika inspektori va “Mahalla yettiligi” hamkorligidagi olib borilayotgan
ishlar muhokama etildi. Xalq deputatlari shahar kengashining navbatdagi sessiya kun tartibiga shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining 2026-yilning 1-chorak yakunlari
bo‘yicha jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan hisoboti kiritilgan bo‘lib, ushbu masala Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari tomonidan
joyiga chiqib o‘rganldi. Ta’kidlash joizki, Davlatimiz rahbarining mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, jinoyatlarning
barvaqt oldini olish hamda “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida tizimli faoliyatni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan PQ-1 va PQ-2-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida
shaharda bir qator ishlar amalga oshirilgan.
Aniqlangan muammolar shahar kengashi qoshidagi doimiy komissiyada atroflicha muhokama etilib, shahar kengashi sessiyada ko‘rib chiqilishi belgilab olindi.  

Slide 1 of 2