Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani 20-Uchko‘prik saylov okrugi deputati Alimov Dilshodbek G‘ulomovich tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevral kungi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-62-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida To‘rttol mahallasida amaliy uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholi bilan muloqotni kuchaytirish, mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida To‘rttol mahallasida faoliyat olib borayotgan “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.G‘oziyev hamda kotibiyat xodimlari tomonidan tumandagi 11-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning sportga jalb etilishi, mavjud sport to‘garaklari faoliyati, shuningdek, sport jihozlari va sport zallarining holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Abdullayev tumandagi 3-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi raisi X.Raximov tomonidan Kelajak mahallasi uchun barpo etilayotgan yangi ma’muriy bino qurilishi holati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.G‘oziyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev va G.Abduvositovalar tomonidan Oq-tom mahallasida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati X.Atajonovalar tomonidan Ulug‘bek mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari holati o‘rganildi.
Deputatlik faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta ustuvor tavsiyalarga asosan Boshqaruv Servis Kompaniyalari foaliyatini Ishchi guruh tomonidan o‘rganish.

 Deputatlik faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta ustuvor tavsiyalarga asosan Boshqaruv Servis Kompaniyalari foaliyatini Ishchi guruh tomonidan o‘rganish. 

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidendining 2026-yil 7-fevraldagi PQ-48-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida tumandagi boshqaruv kompaniyalari faoliyati hamda koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan joyiga chiqib o‘rganildi.

Mazkur o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — ko‘p qavatli uy-joylarda yashovchi aholiga yaratilgan shart-sharoitlarni yaxshilash, mavjud muammolarni aniqlash, boshqaruv kompaniyalari faoliyatining samaradorligini oshirish hamda kommunal xizmatlar sifatini yanada takomillashtirishdan iborat bo‘ldi.

O‘rganish ishlari davomida ishchi guruh tomonidan quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

🔹 ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (pod’ezdlar) sanitariya holati, devor va shift qismlarining saqlanish darajasi hamda umumiy foydalanish joylaridagi yoritish tizimlarining ishlash holati;

🔹 uylarning yerto‘la qismlaridan foydalanish darajasi, ularning texnik holati, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining saqlanishi, namlik va chiqindilar mavjudligi yuzasidan holat;

🔹 ko‘p qavatli uylar atrof hududlarining obodonlashtirilganligi, bolalar maydonchalari, yashil hududlar hamda piyodalar yo‘laklarining holati;

🔹 tashqi va ichki yoritish tizimlarining ishlash darajasi, tungi vaqtda xavfsiz harakatlanish uchun yaratilgan sharoitlar;

🔹 uy-joylarda mavjud lift xo‘jaligining texnik holati, ularning muntazam ishlashi, texnik xizmat ko‘rsatish sifati hamda xavfsizlik talablariga rioya etilishi;

🔹 maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish tizimi, chiqindi tashlash shaxobchalarining sanitariya holati hamda xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan hamkorlik darajasi;

🔹 umumiy foydalanishdagi elektr ta’minoti tizimlari va hisoblash uskunalarining texnik holati, energiya ta’minotidagi mavjud muammolar.

O‘rganish jarayonida ayrim ko‘p qavatli uylarning pod’ezdlarida joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish zarurligi, yerto‘la qismlarini tartibga keltirish, tashqi yoritish tizimlarini yaxshilash hamda chiqindilarni olib chiqish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Shuningdek, boshqaruv kompaniyalari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda uy-joy fondini saqlash va undan samarali foydalanish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi alohida ta’kidlandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik nazorati tartibida so‘rovlar yuborish, mavjud kamchiliklarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda amalga oshirilayotgan ishlar ijrosini doimiy nazoratga olish belgilandi.

Mazkur o‘rganishlar hududlarda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, aholining turmush sharoitlarini yaxshilash, ko‘p qavatli uy-joy fondidan samarali foydalanishni ta’minlash hamda boshqaruv kompaniyalari faoliyatining ochiqligi va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 10