Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Joriy yilning 7-fevral kuni Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 3-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Joriy yilning 4-fevral kuni Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bugun xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bugun xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining navbatdagi 59-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi hamkorligi
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi hamkorligi
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi hamkorligi
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi hamkorligi
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tuman Kengashi deputatlari hamda mahalla yettiligi hamkorligi yo‘lga qo‘yildi.
янв.21
Joriy yilning 24-aprel kuni xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining navbatdagi 58-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI

2024-yil 21-iyun kuni soat 10-00da Chinoz tumani hokimligi kichik majlislar zalida Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 228-sonli qarorining ijrosi, tumanda “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” asosida amalga oshirilayotgan ishlar hamda hududlarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalarning bajarilishi yuzasidan joriy yilning yanvar-iyun oylarida amalga oshirilgan ishlar haqida tumandagi 1-sektor kotibi J.Saidovning hisoboti eshitildi;

2. Chinoz tumanida yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasida joriy yilning yanvar-iyun oylarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Kambag‘illikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari R.Pardayevning hisoboti eshitildi;

3. Chinoz tumani hududidagi ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash to‘g‘risida Respublika aerogeodeziya markazi Samarqand hududlararo bo‘linmasi rahbari R.Xatamovning hisoboti eshitildi ;

4. Chinoz tumani mahalliy byudjetining 2024-yil 1-chorak ijrosi hamda 2024-yil 1-chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi mablag‘larini sohalar bo‘yicha taqsimoti to‘g‘risida Iqtisodiyot va Moliya bo‘limi boshliq o‘rinbosari B.Alishevning hisoboti eshitildi;

5. Chinoz tumani Adliya bo‘limining 6-iyundagi “Qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida” gi 1-10/1-7//136-sonli qarorini bekor qilish to‘g‘risida Adliya bo‘limining bosh maslahatchisi M.Ernazarov axborot berib o‘tdi;

6. Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari va kotibiyat xodimlarining xorijiy mamlakatlarga chiqishi bilan bog‘liq munosabatlarini tartibga solish to‘g‘risida Odob-axloq masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi F.Ibragimovning axboroti eshitildi;

7. Chinoz tumani hokimining 2024-yil 13-iyundagi 194-10-144-Q/24-sonli qarorini tasdiqlash to‘g‘risida. 

Majlis kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar N.Muhamadiyeva, Sh.Ergashov, B.Saydullayev, J.Malikovlar o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Doimiy komissiya a’zolari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olib, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 4