Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI — XALQ MANFAATLARINI HIMOYA QILISHNING SAMARALI MEXANIZMI.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Ulugʻnor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq oʻn uchinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Aholi salomatligi e’tiborda
янв.21
Deputatlar faoliyati: hududiy rivojlanish va ijtimoiy adolatga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Ichki yo‘llarni asfaltlash bo‘yicha deputatlik so‘rovi o‘z natijasini berdi.
янв.21
Bugun xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashining navbatdagi 9-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Joriy yilning 12-mart kuni Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Joriy yilning 7-fevral kuni Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 3-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Joriy yilning 4-fevral kuni Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bugun xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Senat Raisi Sherobod tumanida “mahalla yettiligi” vakillari va mahalliy Kengashlar deputatlari bilan muloqot qildi

Oliy Majlis Senati Raisi Surxondaryo viloyatiga amaliy tashrifi davomida Sherobod tumanidagi “Majnuntol” mahallasida bo‘lib, u yerda aholi va “mahalla yettiligi” vakillari, nuroniylar, xotin-qizlar, tuman Kengashi deputatlari bilan suhbatlashdi.

“Mahalla yettiligi” vakillari bilan kechgan muloqot jarayonida aholi bandligini taʼminlash, bunda daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan shaxslarni moliya muassasalarini jalb qilgan holda qo‘llab-quvvatlash, norasmiy bandlikning oldini olish masalalariga eʼtibor qaratildi.

Mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarning reintegratsiyasini samarali tashkil etish, xotin-qizlar bilan ishlash, ijtimoiy-iqtisodiy hamda maʼrifiy ishlarda faollikni oshirish yuzasidan qator tavsiyalar berildi.

Shuningdek, mahallada tuman Kengashi deputatlari bilan ham suhbatlashib, ular “mahalla yettiligi” faoliyatiga ko‘maklashishi zarur ekanligi aytib o‘tildi.

Shundan so‘ng Sherobod tumani hokimligida xalq deputatlari Sherobod, Angor tumani Kengashlari deputatlari hamda kotibiyat mudirlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqotda mahalliy Kengashlar faoliyatida samaradorlikka erishish, ularning xalq vakili sifatida qonunlar, Prezident farmon va qarorlarida belgilangan vazifalarning ijrosini nazorat qilish borasidagi ishlarini faollashtirish, bunda Senatdagi hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi tomonidan amaliy yordam ko‘rsatish va muvofiqlashtirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv davomida mahalliy Kengashlar faoliyatidagi ochiqlik masalalari hamda “mahalla yettiligi” – Kengash – Senat hamkorligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, Kengash qarorlarini qabul qilishda huquqiy normalarga rioya qilgan holda ish olib borish, byudjetni shakllantirish va uning ijrosini taʼminlashda mahalliy Kengashlar masʼuliyatini oshirish lozimligi alohida qayd etildi.

Uchrashuv yakunida deputatlar aholi vakillarining murojaatlaridan kelib chiqib, o‘z takliflarini bildirdi.

Slide 1 of 9