Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: Yangiobod mahallasi yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Nurobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: Ulug‘bek mahallasida yoshlar murojaatlari qabul qilindi
янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: Avulmat mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘.Axmedovlar Fayziobod mahallasida yaqinda barpo etilgan piyodalar yo‘lakchasi va amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdilar.
янв.21
Fayziobod mahallasida amalga oshirilgan yo‘l ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
To‘rttol mahallasida sug‘orish infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
To‘rttol mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov hamda tuman hokimi M.Axmadjonovlar Yoshlik mahallasida qurilish ishlari bilan tanishdi
♻️ DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Аgrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida Ishtixon tuman hududida joylashgan umumta’lim muassasalari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining chiqindi konteynerlari bilan ta’minlanganlik darajasi hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar masalasi muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Ishtixon tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Sh. Uraqovning hisoboti eshitildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tumanda jami 98 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda 36 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Hozirgi kunda 39 ta maktabga jami 52 dona chiqindi konteyneri o‘rnatilgan. Shuningdek, davlat dasturlari asosida rekonstruksiya qilinayotgan va qo‘shimcha binolar qurilayotgan ta’lim muassasalarida loyiha asosida chiqindi konteynerlari o‘rnatilishi ta’minlangan.

Bundan tashqari, 2026-yil davomida yana 5 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 3 ta umumta’lim maktabiga chiqindi konteynerlari o‘rnatish rejalashtirilganligi ta’kidlandi.

Muhokama jarayonida komissiya a’zolari tomonidan:

  • barcha ta’lim muassasalarida ehtiyojni to‘liq xatlovdan o‘tkazish;
  • chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish tizimini kuchaytirish;
  • ekologik madaniyatni oshirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘yish;
  • masalani bosqichma-bosqich to‘liq hal etish yuzasidan aniq choralar belgilash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish yakunida mazkur masalani Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritish hamda tegishli qaror loyihasini tayyorlash yuzasidan takliflar qo‘llab-quvvatlandi.

🌿 Ekologik toza muhitni ta’minlash – barchamizning ustuvor vazifamiz! 

Slide 1 of 6