Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan og‘ir mahalla toifasiga kiritilgan Yoshlik mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlarining borishi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ–62-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mingchinor mahallasi hududida qurilishi boshlangan tikuvchilik korxonasida bo‘lib, qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Uchko‘prik mahallasiga tashrif buyurib, hududda tashkil etilayotgan baliq va baliq urug‘i yetishtirish laboratoriyasi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan mahalla binolarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining borishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan tumandagi 2-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani 20-Uchko‘prik saylov okrugi deputati Alimov Dilshodbek G‘ulomovich tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevral kungi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-62-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida To‘rttol mahallasida amaliy uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholi bilan muloqotni kuchaytirish, mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida To‘rttol mahallasida faoliyat olib borayotgan “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.G‘oziyev hamda kotibiyat xodimlari tomonidan tumandagi 11-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning sportga jalb etilishi, mavjud sport to‘garaklari faoliyati, shuningdek, sport jihozlari va sport zallarining holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Bog‘chalarda bolalar xavfsizligini ta’minlash – eng ustuvor masala

Bog‘chalarda bolalar xavfsizligini ta’minlash – eng ustuvor masala

  Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar hayoti va sog‘lig‘ini ishonchli himoya qilish masalasi jamiyat uchun eng ustuvor va kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, oziq-ovqat, sanitariya-gigiyena hamda umumiy xavfsizlik talablariga rioya qilinishi masalasi jamoatchilik orasida doimiy muhokama mavzusiga aylanmoqda.

  Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez uchrayotgan bolalarning ovqatdan zaharlanishi, elektr toki urishi yoki yong‘in xavfi bilan bog‘liq noxush holatlar masalaga jiddiy va tizimli yondashishni taqozo etmoqda.

 Shularni hisobga olgan holda, Xalq demokratik partiyasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar xavfsizligini deputatlik va jamoatchilik nazorati tartibida respublika miqyosida o‘rganishga kirishmoqda (https://xdp.uz/partiya-yangiliklari/11859).

 Mazkur maqsadda partiyaning mahalliy Kengashlardagi guruhlari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotida xavfsizlik talablariga rioya etilishi holatini o‘rganishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.

Dastur doirasida Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengash deputatlari va, albatta, vakolatli tashkilotlar vakillari ishtirokida ishchi guruhlar tuzilishi rejalashtirilgan. Bolalar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi omillar maxsus savolnoma asosida manzilli o‘rganilishi belgilangan.

  Manzilli tahlillar natijalari va xulosalari hududlarda Xalq demokratik partiyasining mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlari yig‘ilishlarida soha mutasaddilari ishtirokida ochiq muhokama qilinadi. Vaziyat jiddiy bo‘lgan hududlarda partiya deputatlik guruhlari qarorlariga muvofiq ravishda masalani mahalliy Kengashlar sessiyalari muhokamasiga olib chiqish nazarda tutilgan.

Xalq demokratik partiyasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar xavfsizligini ta’minlash o‘z elektoratini o‘ylantirayotgan dolzarb ijtimoiy masalaga aylanganini ta’kidlaydi.

Hududlardagi tizimli o‘rganish, ochiq muhokamalar yakunlari bo‘yicha mas’uliyat va nazoratni kuchaytirish maqsadida tegishli davlat organlari vakillari ishtirokida Xalq demokratik partiyasining Qonunchilik palatasidagi fraksiyasida muhokamalar o‘tkaziladi, ta’sirli kompleks chora-tadbirlar va zaruratga qarab qonunchilikni takomillashtirishga oid takliflar ishlab chiqiladi (https://xdp.uz/partiya-yangiliklari/11859).

Slide 1 of 1