Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ–62-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mingchinor mahallasi hududida qurilishi boshlangan tikuvchilik korxonasida bo‘lib, qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Uchko‘prik mahallasiga tashrif buyurib, hududda tashkil etilayotgan baliq va baliq urug‘i yetishtirish laboratoriyasi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan mahalla binolarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining borishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan tumandagi 2-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani 20-Uchko‘prik saylov okrugi deputati Alimov Dilshodbek G‘ulomovich tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevral kungi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-62-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida To‘rttol mahallasida amaliy uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholi bilan muloqotni kuchaytirish, mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida To‘rttol mahallasida faoliyat olib borayotgan “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.G‘oziyev hamda kotibiyat xodimlari tomonidan tumandagi 11-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning sportga jalb etilishi, mavjud sport to‘garaklari faoliyati, shuningdek, sport jihozlari va sport zallarining holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Abdullayev tumandagi 3-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Harakat xavfsizligi borasida deputatlar va YHX xodimlari hamkorligi

Harakat xavfsizligi borasida deputatlar va YHX xodimlari hamkorligi

Deputatlar faoliyating muhim yo‘nalishlari yuzasidan berilgan tavsiyalarning 8 bandiga muvofiq deputatlar tomonidan yo‘l transport hodisalari sodir bo‘lishini oldini olish borasida YHX xodimlari bilan hamkorlikda tumanning markaz ko‘chalarida transport vositalarining boshqaruvi, YTH kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarda bevosita hamkorlikda targ‘ibot tadbirklari olib borildi. 

Tadbir davomida transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari, transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yo‘qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi, oynalar tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi hududiga chet eldan olib kirilgan transport vositasi uchun bojxona organlari tomonidan berilgan hujjatlari, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa litsenziya kartochkasi yoki yo‘l varaqasi, yuridik shaxslarning transport vositalari haydovchilar uchun, shu jumladan yo‘lovchi yoki yuk tashish faoliyatini amalga oshiruvchi haydovchilar uchun malaka oshirishdan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikati (bundan transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani almashtirish yoki yo‘qolgan guvohnoma o‘rniga boshqasini berish hollarini istisno qilgan holda, guvohnoma olingan paytdan e’tiboran ikki yillik davr mustasno) yonida bo‘lmagan holda, xuddi shuningdek transport vositalarini olib kirganligini tasdiqlovchi bojxona organlari tomonidan berilgan tegishli belgilar qo‘yilgan hujjatlarining muddati o‘tgan haydovchilarning transport vositalarini boshqarishi bo‘yicha hujjatlar ko‘rib chiqildi. 

Huquqbuzar haydovchilarning transport vositalari vaqtinchalik saqlash maydonlariga joylashtirish choralari ko‘rildi.

Slide 1 of 4