Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Joriy yilning 7-fevral kuni Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 3-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Joriy yilning 4-fevral kuni Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bugun xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bugun xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining navbatdagi 59-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi hamkorligi
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi hamkorligi
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi hamkorligi
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi hamkorligi
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tuman Kengashi deputatlari hamda mahalla yettiligi hamkorligi yo‘lga qo‘yildi.
янв.21
Joriy yilning 24-aprel kuni xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining navbatdagi 58-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Bugun Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari tomonidan mahallalarda o‘z saylovchilari axborot berildi. Jumladan, “28-O'zbekiston” saylov okrugidan saylangan

“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunda mahalliy Kengash deputatlarining saylovchilarga deputatlik faoliyati to‘g‘risida axborot berib borishi belgilangan.

Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan ham mazkur qonun ijrosini amalga oshirish maqsadida Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berish tartibi tasdiqlangan. 

Mazkur qarorlar ijrosini amalga oshirish maqsadida tuman Kengashi deputatlari o‘z okruglarida belgilangan reja-grafik asosida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazib, o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot bermoqdalar.

Xususan bugun “28-O'zbekiston” saylov okrugidan saylangan deputat Jurayev Umrzoq tomonidan “O'zbekiston” mahallasida yashovchi fuqarolar bilan mahalla binosida, yashovchi fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda deputatning saylovoldi dasturi ijrosi yuzasidan qilingan ishlar; mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuborilgan deputat so‘rovlari, murojaatlar hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqidagi ma’lumotlar, mahalliy Kengash sessiyasida hududiy davlat organlari mansabdor shaxslarining hisobot (axborot)larini eshitish va eshituv yakunlari bo‘yicha erishilgan natijalar haqidagi ma’lumotlar, hududdagi davlat organlari va tashkilotlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, deputatning aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan qilingan ishlari haqidagi ma’lumotlar, o‘z saylov okrugidagi ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik, maishiy va boshqa muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha rejalar, navbatdagi axborot berish davrigacha bo‘lgan muddatda amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida shuningdek, Yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risidagi Qabul qilinayotgan qonun to‘g‘risida hamda “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan faoliyat to‘g‘risida aytib o‘tildi.

Uchrashuv yakunlarida fuqarolarning murojaatlari eshitilib, tegishli tushuntirishlar berildi, murojaatlarni ijobiy hal etish uchun nazoratga olindi.
 

Slide 1 of 3