Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi raisi X.Raximov tomonidan Kelajak mahallasi uchun barpo etilayotgan yangi ma’muriy bino qurilishi holati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.G‘oziyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev va G.Abduvositovalar tomonidan Oq-tom mahallasida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati X.Atajonovalar tomonidan Ulug‘bek mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor Tumani Kengashi raisi X.Raximov payshanba — yoshlar kuni munosabati bilan Nurobod mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Qodirov hududda faoliyat yuritayotgan “Kostan fiber” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga amaliy tashrif bilan bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi raisi X.Raximov tomonidan og‘ir toifadagi mahallalarda aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi.
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot – taraqqiyot omili
янв.21
Deputat va tibbiyot xodimlari uchrashuvi
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati N.Nishonov o‘z saylov okrugida joylashgan 38-qishloq oilaviy poliklinikasining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar yechimi va kelgusidagi vazifalar muhokamada

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Dilorom Xolmatova Ulug‘ yo‘l va Nihol mahallalari fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv davomida deputat tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar, o‘rganilgan muammolarni hal etish yuzasidan mas`ul tashkilotlarga yuborilgan deputatlik so‘rovlari va ularning ijro holati haqida batafsil ma`lumotlar berildi. 

Shuningdek, shahar Kengashi tomonidan o‘tkazilgan sessiyalar, qabul qilingan qarorlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda hududlarda olib borilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

2026-yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar, xususan, aholi bandligini ta’minlash, daromadlarni oshirish, infratuzilmani yaxshilash va ijtimoiy himoyani kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolar va takliflar yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3