Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi raisi X.Raximov tomonidan Kelajak mahallasi uchun barpo etilayotgan yangi ma’muriy bino qurilishi holati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.G‘oziyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev va G.Abduvositovalar tomonidan Oq-tom mahallasida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati X.Atajonovalar tomonidan Ulug‘bek mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor Tumani Kengashi raisi X.Raximov payshanba — yoshlar kuni munosabati bilan Nurobod mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Qodirov hududda faoliyat yuritayotgan “Kostan fiber” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga amaliy tashrif bilan bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi raisi X.Raximov tomonidan og‘ir toifadagi mahallalarda aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi.
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot – taraqqiyot omili
янв.21
Deputat va tibbiyot xodimlari uchrashuvi
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati N.Nishonov o‘z saylov okrugida joylashgan 38-qishloq oilaviy poliklinikasining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati mahallada fuqarolar bilan uchrashdi

Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati mahallada fuqarolar bilan uchrashdi

Baxmal tumanidagi Muzbuloq mahalla idorasida Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati Sodiqov Shavkat Allaberdiyevich ishtirokida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvda mahalla faollari hamda tegishli tashkilot hodimlari qatnashib, hududda mavjud masalalar yuzasidan aholi bilan bevosita suhbat olib borildi.
Uchrashuvning maqsadi
Aholi muammolarini aniqlash, qonunchilik tashabbuslari uchun takliflar yig‘ish, deputatlik faoliyati haqida hisobot berish, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, elektr energiyasi va boshqa masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Deputat tomonidan bildirilgan murojaatlar amaldagi qonunchilik doirasida ko‘rib chiqilib, ayrim masalalar yuzasidan joyida tushuntirishlar berildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar esa nazoratga olindi.

Slide 1 of 4