Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi raisi X.Raximov tomonidan og‘ir toifadagi mahallalarda aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi.
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot – taraqqiyot omili
янв.21
Deputat va tibbiyot xodimlari uchrashuvi
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati N.Nishonov o‘z saylov okrugida joylashgan 38-qishloq oilaviy poliklinikasining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati – deputatlar e’tibor markazida
янв.21
Kengash qarori ijrosi nazoratga olindi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Tuman deputatlari tomonidan ta’lim muassasasidagi kutubxona va sport to‘garaklari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlar va yoshlar uchrashuvi: ochiq muloqot va kelajak rejalari muhokamasi
янв.21
Xalq bilan yuzma-yuz muloqot
“Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun targ‘iboti o‘tkazildi

Turkman mahallasida suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati Sadikova Barchinoy tomonidan "Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida"gi Qonun mazmun-mohiyati, asosiy normalari hamda amaliy ahamiyati haqida tushuntirish berildi.

Uchrashuvda suvdan samarali va tejamkor foydalanish, ichimlik suvini muhofaza qilish, suv obyektlarini ifloslanishdan asrash hamda fuqarolar bu boradagi huquq va majburiyatlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi. Qonun talablariga rioya etish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash va kelajak avlod uchun tabiiy resurslarni asrab-avaylash muhimligi ta’kidlandi. Mahalla fuqarolari qiziqtirgan savolga javob oldilar, suv ta’minoti va undan foydalanish bilan bog‘liq mavjud muammolar yuzasidan takliflar bildirildi.

Mazkur targ‘ibot uchrashuvi aholi huquqiy ongi va ekologik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3