Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot – taraqqiyot omili
янв.21
Deputat va tibbiyot xodimlari uchrashuvi
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati N.Nishonov o‘z saylov okrugida joylashgan 38-qishloq oilaviy poliklinikasining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati – deputatlar e’tibor markazida
янв.21
Kengash qarori ijrosi nazoratga olindi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Tuman deputatlari tomonidan ta’lim muassasasidagi kutubxona va sport to‘garaklari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlar va yoshlar uchrashuvi: ochiq muloqot va kelajak rejalari muhokamasi
янв.21
Xalq bilan yuzma-yuz muloqot
янв.21
Ayollar bandligi va ijtimoiy faolligini oshirish – ustuvor vazifa
“Sog‘lom muhit — jinoyatchilikka qarshi eng samarali vosita”

      Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati N. Abdumo‘minova tomonidan 26-umumta’lim maktabida 10–11-sinf o‘quvchilari,
xususan o‘g‘il bolalar ishtirokida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirdan
ko‘zlangan asosiy maqsad - yoshlar o‘rtasida qonunga hurmat, huquqiy madaniyat va javobgarlik hissini shakllantirish, ularni turli salbiy ta’sirlardan asrash hamda jinoyatchilik- ka olib keluvchi omillarni barvaqt bartaraf etishdan iborat bo‘ldi. Suhbat davomida voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning sabab va oqibatlari, internet va ijtimoiy tarmoqlardagi tahdidlar, giyohvandlik
va boshqa illatlarning yoshlar hayotiga salbiy ta’siri atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, har bir yoshning o‘z kelajagi uchun mas’ul ekani,
ta’lim-tarbiyaga jiddiy yondashish, sog‘lom turmush tarzini tanlash va vatanparvarlik ruhida yashash muhimligi alohida ta’kidlandi. Tadbirda
tuman IIB profilaktika inspektori F.Malikov hamda tuman MMTB vakili S.Turg‘unboyevlar ishtirok etdilar
  

Slide 1 of 4