Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot – taraqqiyot omili
янв.21
Deputat va tibbiyot xodimlari uchrashuvi
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati N.Nishonov o‘z saylov okrugida joylashgan 38-qishloq oilaviy poliklinikasining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati – deputatlar e’tibor markazida
янв.21
Kengash qarori ijrosi nazoratga olindi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Tuman deputatlari tomonidan ta’lim muassasasidagi kutubxona va sport to‘garaklari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlar va yoshlar uchrashuvi: ochiq muloqot va kelajak rejalari muhokamasi
янв.21
Xalq bilan yuzma-yuz muloqot
янв.21
Ayollar bandligi va ijtimoiy faolligini oshirish – ustuvor vazifa
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yig‘irma yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida.

2.Bo‘stonliq tumanida mahalliy budjet daromadlari rejasini bajarilish holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

3.2026-yilda Bo‘stonliq tumani bo‘yicha alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalarini oshirish to‘g‘risida.

4.Bo‘stonliq tumani mahalliy budjetini 2025-yil to‘rtinchi chorak yakuni bilan ijrosi hamda xarajatlar yoyilmasiga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida.

5.Bo‘stonliq tumanida “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgan loyihalar bo‘yicha 2025-yil yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

6.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktyabrdagi “Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-343-son qarori ijrosi yuzasidan 2025-yil 4-chorak yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida.

Sessiya yakuni bilan deputatlar tomonidan tegishli qarorlar tasdiqlandi.

Slide 1 of 9