Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq bilan yuzma-yuz muloqot
янв.21
Ayollar bandligi va ijtimoiy faolligini oshirish – ustuvor vazifa
янв.21
Tomorqadan samarali foydalanish-farovonlik va barqaror daromad manbai.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI — XALQ MANFAATLARINI HIMOYA QILISHNING SAMARALI MEXANIZMI.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Ulugʻnor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq oʻn uchinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Aholi salomatligi e’tiborda
янв.21
Deputatlar faoliyati: hududiy rivojlanish va ijtimoiy adolatga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Ichki yo‘llarni asfaltlash bo‘yicha deputatlik so‘rovi o‘z natijasini berdi.
янв.21
Bugun xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashining navbatdagi 9-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Joriy yilning 12-mart kuni Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Kengashi deputatlari, tegishli davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda mutasaddi xodimlar ishtirok etdilar. 

Sessiya ochiq va ishchan ruhda tashkil etilib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Sessiya kun tartibidagi asosiy masalalar:

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining 2026-yil 10-fevraldagi VII-16-16-11-164-K/26-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida. Ushbu masala yuzasidan deputatlar tomonidan amaldagi qarorning ijrosi, uning hudud rivojiga ta’siri hamda mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib taklif etilayotgan o‘zgartirishlar batafsil ko‘rib chiqildi.

Ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarda umumiy foydalanishdagi infratuzilma obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihalarning manzilli dasturini tasdiqlash to‘g‘risida. Mazkur masala doirasida aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish, hududlarni obodonlashtirish, ichki yo‘llar, bolalar maydonchalari, yoritish tizimlari va boshqa infratuzilma obyektlarini yaxshilash bo‘yicha aniq reja va manzilli chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Furqat tumani mahalliy budjetining 2026-yil boshida shakllangan qo‘shimcha manbalari to‘g‘risida. Sessiyada qo‘shimcha tushumlarning shakllanishi, ularni samarali va maqsadli yo‘naltirish, ijtimoiy soha hamda dolzarb muammolarni hal etishga qaratish masalalari yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi.

Muzokaralar davomida deputatlar tomonidan bir qator taklif va tavsiyalar bildirildi. Har bir masala atroflicha tahlil qilinib, aholining manfaatlarini ko‘zlagan holda puxta va asosli qarorlar qabul qilindi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar tasdiqlanib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 7