Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ–62-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mingchinor mahallasi hududida qurilishi boshlangan tikuvchilik korxonasida bo‘lib, qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Uchko‘prik mahallasiga tashrif buyurib, hududda tashkil etilayotgan baliq va baliq urug‘i yetishtirish laboratoriyasi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan mahalla binolarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining borishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan tumandagi 2-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani 20-Uchko‘prik saylov okrugi deputati Alimov Dilshodbek G‘ulomovich tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevral kungi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-62-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida To‘rttol mahallasida amaliy uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholi bilan muloqotni kuchaytirish, mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida To‘rttol mahallasida faoliyat olib borayotgan “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.G‘oziyev hamda kotibiyat xodimlari tomonidan tumandagi 11-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning sportga jalb etilishi, mavjud sport to‘garaklari faoliyati, shuningdek, sport jihozlari va sport zallarining holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Abdullayev tumandagi 3-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
⚡️ Deputatlar xalq ichida: Kichik Kildonda mahallasida transformator va ustunlar masalasi o‘rganildi

⚡️ Deputatlar xalq ichida: Kichik Kildonda mahallasida transformator va ustunlar masalasi o‘rganildi

Bugun Bulung‘ur tumani Kengashi deputati D.Maxramkulova kotibiyat mudiri A.Shokirov bilan birgalikda “Kichik Kildon” mahallasi fuqarolari tomonidan mahalladigi 2 ta ko‘chadagi simyog‘ochlarni almashtirib berishda masalasidagi murojatlarni o‘rganish uchun mahallada bo‘lishdi.

🏠 Aholi murojaati: O‘rganishlar natijasida ushbu mahalla fuqarolari o‘z mablag‘lari xisobidan ushbu xududga yangi 160 kVa kuchlanishli transformator olib kelganligini va ushbu transformatordan foydalanuvchilar uchun yangi beton ustunlar zarurligi bildirishdi. O‘rganish natijalari bo‘yicha deputatlar o‘z oldilariga ushbu xududga yangi beton ustunlar olib kelish bo‘yicha talablarni tuman Elektr ta’minoti korxonasiga va tuman mahalliy budjeti mablag‘laridan olib berish bo‘yicha tuman hokimligiga taklif kiritishni kelishib oldi.

Aholini rozi qilish fuqarolarnining turmush sharoitni yaxshilash bo‘yicha deputatlar doimiy ravishda o‘z faolliklarni olib boradilar va muammoli masalalarni hal etishda ham o‘zlarning tashabbuslarni ko‘rsatishadi.

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi

Slide 1 of 3