Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ–62-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mingchinor mahallasi hududida qurilishi boshlangan tikuvchilik korxonasida bo‘lib, qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Uchko‘prik mahallasiga tashrif buyurib, hududda tashkil etilayotgan baliq va baliq urug‘i yetishtirish laboratoriyasi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan mahalla binolarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining borishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan tumandagi 2-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani 20-Uchko‘prik saylov okrugi deputati Alimov Dilshodbek G‘ulomovich tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevral kungi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-62-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida To‘rttol mahallasida amaliy uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholi bilan muloqotni kuchaytirish, mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida To‘rttol mahallasida faoliyat olib borayotgan “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.G‘oziyev hamda kotibiyat xodimlari tomonidan tumandagi 11-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning sportga jalb etilishi, mavjud sport to‘garaklari faoliyati, shuningdek, sport jihozlari va sport zallarining holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Abdullayev tumandagi 3-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
DEPUTATLAR ISHTIROKIDA QONUN USTUVORLIGI VA HUQUQIY XIZMATLAR SIFATI MUHOKAMA QILINDI.

 Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi kotibiyati va tuman Adliya bo‘limi bilan hamkorlikda
deputatlar ishtirokida
o‘tkazilgan tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmoni mazmun-mohiyati, unda belgilangan ustuvor vazifalar va ma’muriy islohotlarning ahamiyati keng yoritildi. Xususan, adliya organlari faoliyatini takomillashtirish, boshqaruv tizimini ixchamlashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda aholiga huquqiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Ishtirokchilar tomonidan Farmon ijrosini joylarda samarali tashkil etish, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni kuchaytirish hamda deputatlik nazoratini yanada mustahkamlash yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.  

Slide 1 of 3