Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman deputatlari tomonidan ta’lim muassasasidagi kutubxona va sport to‘garaklari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlar va yoshlar uchrashuvi: ochiq muloqot va kelajak rejalari muhokamasi
янв.21
Xalq bilan yuzma-yuz muloqot
янв.21
Ayollar bandligi va ijtimoiy faolligini oshirish – ustuvor vazifa
янв.21
Tomorqadan samarali foydalanish-farovonlik va barqaror daromad manbai.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI — XALQ MANFAATLARINI HIMOYA QILISHNING SAMARALI MEXANIZMI.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Ulugʻnor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq oʻn uchinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Aholi salomatligi e’tiborda
янв.21
Deputatlar faoliyati: hududiy rivojlanish va ijtimoiy adolatga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Ichki yo‘llarni asfaltlash bo‘yicha deputatlik so‘rovi o‘z natijasini berdi.
Deputat mahallada

 📄 Fayzobod MFYda soliq inspektori faoliyati tahlil qilindi 

Fayzobod mahalla fuqarolar yig‘inida hudud deputati D.Komilova
boshchiligida mahallaga biriktirilgan soliq inspektori Iskandar Chinnibekovning
amalga oshirgan ishlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
 

📊 Asosiy ko‘rsatkichlar va natijalar: 

Reja ijrosi: 2025 yil yakunlari bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlar to‘liq
bajarilgan. Shu bilan birga, 2026 yilning yanvar oyi uchun belgilangan reja ham
100 foizga uddalangan.
 

Professional tajriba: DSI bo‘lim boshlig‘i X. Qoriyeva inspektorning 24
yillik tajribasini alohida e’tirof etdi. Ta’kidlanishicha, I. Chinnibekov o‘z
hududida aholi va tadbirkorlardan soliq yig‘imlarini har yili o‘rtacha 105
foizga bajarib keladi.
 

Tadbirkorlikka ko‘mak: Inspektor tomonidan nafaqat soliq yig‘ish, balki
hududdagi tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatish, ularning muammolarini
tizimli hal etish choralari ko‘rilmoqda.