Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman deputatlari tomonidan ta’lim muassasasidagi kutubxona va sport to‘garaklari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlar va yoshlar uchrashuvi: ochiq muloqot va kelajak rejalari muhokamasi
янв.21
Xalq bilan yuzma-yuz muloqot
янв.21
Ayollar bandligi va ijtimoiy faolligini oshirish – ustuvor vazifa
янв.21
Tomorqadan samarali foydalanish-farovonlik va barqaror daromad manbai.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI — XALQ MANFAATLARINI HIMOYA QILISHNING SAMARALI MEXANIZMI.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Ulugʻnor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq oʻn uchinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Aholi salomatligi e’tiborda
янв.21
Deputatlar faoliyati: hududiy rivojlanish va ijtimoiy adolatga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Ichki yo‘llarni asfaltlash bo‘yicha deputatlik so‘rovi o‘z natijasini berdi.
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Sh.Shokirovning navbatdagi ochiq muloqoti Boshchorbogʻ mahallasida boʻlib oʻtdi

Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov Boshchorbogʻ mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va turmush farovonligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan murojaat qildi. Uchrashuvda mahalla faollari, nuroniylar, soha mutaxassislari ishtirok etib, hudud istiqboliga oid masalalar keng muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, Boshchorbogʻ mahallasi asosan olmachilikka ixtisoslashgan hududlardan biri sanaladi. Shu bois tuman hokimi ushbu yo‘nalishni yanada kengaytirish, zamonaviy intensiv bog‘lar barpo etish hamda yetishtirilayotgan hosilni sifatli saqlash imkonini beradigan muzlatkichli omborlar qurish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash zarurligini qayd etdi. Bu nafaqat hosilning nobud bo‘lishini kamaytiradi, balki mahsulotni yil davomida bozorga chiqarish orqali daromadni ko‘paytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Yoshlar masalasiga ham alohida e’tibor qaratilib, bolalarni chet tillariga o‘qitish bugungi kunning muhim talabi ekani, buning uchun mahallada zarur sharoitlar yaratish lozimligi aytib o‘tildi. Kelajakda farzandlarning bilimli, raqobatbardosh bo‘lib voyaga yetishi hudud taraqqiyoti uchun muhim omil ekani ta’kidlandi.

Muloqot davomida mahallada kambag‘allikni kamaytirish borasida fuqarolarning o‘zi ham faol bo‘lishi zarurligi qayd etildi. Tomorqa yerlaridan unumli foydalanish, bog‘dorchilikni kengaytirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali daromadlarni oshirish mumkinligi tushuntirildi. Shuningdek, 12 foizlik imtiyozli kreditlar uchun ham katta mablag‘lar yo‘naltirilgani, bu imkoniyatlardan bog‘dorchilik, qayta ishlash, xizmat ko‘rsatish va boshqa yo‘nalishlarda keng foydalanish mumkinligi aytib o‘tildi.

Boshchorbogʻ mahallasida infratuzilmani yaxshilash uchun ham 3 milliard so‘m mablag‘ ajratilgani ma’lum qilindi. Jumladan, mahalliy va ichki yo‘llarning 4,2 kilometrlik qismini ta’mirlash uchun 2 milliard 500 million so‘m yo‘naltiriladi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 3,1 kilometr havo elektr uzatish liniyasini yangilash hamda eski simyog‘ochlarni almashtirish uchun 340 million so‘m ajratiladi. Shuningdek, mahalla markazidagi xizmat ko‘rsatish maskanini rekonstruksiya qilish va zamonaviy jihozlash uchun 160 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuv yakunida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha masalalar tegishli mutasaddilarga biriktirildi. Mahalla aholisi amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va yaratilayotgan imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini bildirib, yurtboshimiz boshchiligidagi rahbarlarga minnatdorchilik izhor etdilar. Ular yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi bardavom bo‘lishini tilab, mahallada hamjihatlikda mehnat qilib, obodonlashtirish va tomorqalardan unumli foydalanishga tayyor ekanliklarini ta’kidlashdi.

Slide 1 of 9