Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Joriy yilning 12-mart kuni Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Joriy yilning 7-fevral kuni Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 3-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Joriy yilning 4-fevral kuni Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bugun xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bugun xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining navbatdagi 59-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi hamkorligi
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi hamkorligi
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi hamkorligi
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi hamkorligi
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tuman Kengashi deputatlari hamda mahalla yettiligi hamkorligi yo‘lga qo‘yildi.
Kattaqo'rg'on tumanida “Mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi KQ-706-IV-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Kattaqoʻrgʻon tumanidan shtab faoliyat yoʻlga qoʻyilgan. Xalq deputatlari Kattaqoʻrgʻon tumani deputatlari oʻzi saylangan okrugdagi 69 ta mahallalarga biriktirilib, tuman Kengashi raisi tomonidan tasdiqlandi. Mazkur qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan tuman hokimligining tegishli ishchi guruhi tuzilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori tumandagi ijrosini oʻrganish yuzasidan Oliy Majlis Senati aʼzosi G.Maʼrufova rahbarligidagi ishchi guruh aʼzolari 2024-yil 23-aprel kuni Kattaqoʻrgʻon tumanida amaliy seminar oʻtkazdi. Seminarda viloyat Kengashi deputati Z.Berdiyeva, tuman kengash deputatlari M.Teshayev, F.Ergasheva, M.Qodirova, R.Djurayev, A.Sadriddinov, R.Gʻulomov, Ya.Toshonov, R.Nurmanova, S.Maxmudova, K.Erbutayev ishtirok etdi. Seminarda G.Maʼrufova tumandagi Navbahor va Balandravot MFYlarda xotin-qizlar bandligini taʼminlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Xususan, Navbahor MFY hududida joylashgan Kattaqoʻrgʻon elektrotexnika zavodida mehnat qilayotgan xotin-qizlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Kattaqoʻrgʻon elektro texnika zavodi 7 nafar xotin-qizlar transformator yigʻuv taʼminot sexida faoliyat olib borayotganligi, korxonada shuningdek, tikuv sexi faoliyat olib borib unnda 27 nafar xotin-qizlar doimiy ish taʼminlanganligi bilan tanishib chiqdi. Oliy Majlis Senati aʼzosi, ishchi guruh rahbari G.Maʼrufova Navbahor MFY “Mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishib Senat qaror bilan belgilangan ustuvor vazifalar bilan seminar ishtirokchilarini tanishtirib oʻtdi. Xususan, Senat tomonidan qabul qilinayotgan qaror va normativ tusdagi hujjatlar bilan avvalo xududdan saylangan xar bir deputat aholining ijtimoiy xizmatlardan xabardorligini oshirishi, targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish, oʻz saylangan hududlaridagi aholi muammolarini oʻrganish, hal etish, sogʻlom ijtimoiy-maʼnaviy muhitni saqlash, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish,
xotin-qizlar bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirish, mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, aholiga davlat tomonidan koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, mahalliy byudjet daromadlari barqarorligini taʼminlash yuzasidan tuman Kengashi deputatlari va Navbahor “mahalla yettiligi” masʼullariga tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berdi.
Ishchi guruh rahbari G.Maʼrufova tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Teshayev, tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi S.Djumayeva, 28-Mullakichkina saylov okrugi
deputati F.Ergashevaga xotin-qizlar bandligini taʼminlashda mahalla yettiligi bilan hamkorlikni kengaytirish, mavjud muammolarni tuman Kengashiga hal etish yuzasidan taklif kiritish, yechimini topmagan masalalar yuzasidan xar oy yakuni
bilan tuman Kengashi sessiyasi muhokamasiga masala kiritishi toʻgʻrisida taklif berdi.
Senat ishchi guruhi tumandagi Balandravot MFYda boʻlib, u yerda xotin-qizlar bilan olib boriyotgan ishlar bilan tanishib chiqdi. Jumladan, mahallada 5-Qoradaryo saylov okrugi deputati R.Djurayev Balandravaot mahallada har oyda aholi bilan uchrashuvlar oʻtkazib, mavjud muammolar boʻyicha tuman Kengashi maxalla masʼullari bilan hal etish choralarini koʻrib kelmoqda. Balandravot MFYda 1689 nafar xotin-qizlar xatlovdan oʻtkazilib, 64 nafar ishsiz xotin-qizlar roʻyxatga olingan. Xalq deputatlari tuman Kengashining fevral oyida oʻtkazilgan sessiyasining tegishli qaroriga asosan 28 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan. Ushbu band boʻlmagan xotin-qizlar boʻyicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan boʻlib, ulardan 20 nafari mavsumiy pilla yetishtirish ishlariga jalb qilingan. Qolgan 8 nafar xotin qizlar subsidiya asosida tikuvchilik uskunalari olish uchun xujjatlari rasmiylashtirilgan. Subsidiya asosida tikuv mashinasi olgan 8 nafar xotin-qizlar maxallada tashkil etilgan tikuvchilik sexida ish bilan band qilinishi rejalashtirilgan. Mahalla yettiligi va tuman hokimligi tashabbusi bilan 1 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qiz Ergasheva Nigora doimiy turar joyga ega boʻldi. Notinch oila sifatida roʻyxatga olingan Toshpulatov Azizbekning turmush oʻrtogʻi Lutfullayeva Malikaga tuman Ichki ishlar boʻlimi tomonidan himoya orderi berilgan. Seminar davomida Senat ishchi gurux
rahbari G.Maʼrufova tomonidan mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib zarur koʻrsatma va topshiriqlar berdi. Jumladan, himoya order olgan fuqaro Lutfullayeva Malikaning oilasi korreksion dastur ishlab
chiqib tegishli masʼullar biriktirilishi yuzasidan masʼullarga topshiriq berildi.
Senat ishchi guruhi rahbari G.Maʼrufova tomonidan Kattaqoʻrgʻon tumanidagi 69 ta mahalla yettiligi bilan amalag oshirilishi lozim boʻlgan ishlar belgilab olindi. Mahalla yettiligi-tuman Kengashi deputatlari-viloyat Kengashi yoʻnalishida mavjud masalalar yechimi yuzasidan tuman Kengashi va tuman hokimligi xotin-qizlar boʻlimiga topshiriq va tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 8