Chiroqchi tuman kengashi deputati, Ekologik partiya a'zosi G'anisher Jumag'ulov 2024-yil 16-aprel kuni soat 13:00 da fuqarolarga yaratilayotgan sharoitlar, olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarning mazmuni, aholini qiynayotgan muammolar, ekologik holat, Open budjet loyihasi hamda Chiroqchi tuman budjetining 2024- yildagi reja-ijrosi kabi masalalar bo'yicha Ko'chiyal qishlog'i 80 - maktabda "Deputat xalq qabulida" uchrashuvini uyushtirdi.
Shuningdek deputatimiz hozirgi kun dolzarb mavzulardan bo'lgan yoshlarni jinoyatchilikka qarshi kurashishda ota-ona va maktab tamoyilini birlashishi to'g'risida qizg'in davra suhbati o'tkazdi va aholiga yetarlicha tushuntirish va targ'ibot ishlarini o'tqazdi.