Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Namuna mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar hamda mahalla raisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova tomonidan Ulug‘bek mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan og‘ir mahalla toifasiga kiritilgan Yoshlik mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlarining borishi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ–62-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mingchinor mahallasi hududida qurilishi boshlangan tikuvchilik korxonasida bo‘lib, qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Uchko‘prik mahallasiga tashrif buyurib, hududda tashkil etilayotgan baliq va baliq urug‘i yetishtirish laboratoriyasi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan mahalla binolarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining borishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan tumandagi 2-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani 20-Uchko‘prik saylov okrugi deputati Alimov Dilshodbek G‘ulomovich tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevral kungi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-62-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida To‘rttol mahallasida amaliy uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholi bilan muloqotni kuchaytirish, mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida To‘rttol mahallasida faoliyat olib borayotgan “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Sessiya ishida muhim masalalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya ishida tumanning 2026-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida;

tumanda 2026-yil davomida “drayver” loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki manzilli ro‘yxatni tasdiqlash yuzasidan bildirilgan takliflarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida;

xalq deputatlari tuman Kengashi raisini saylash uchun siyosiy partiyalar vakillari guruhini tashkil etish va uning tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida;

xalq deputatlari tuman Kengashi raisini saylash to‘g‘risidagi va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Slide 1 of 10