Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Namuna mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar hamda mahalla raisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova tomonidan Ulug‘bek mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan og‘ir mahalla toifasiga kiritilgan Yoshlik mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlarining borishi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ–62-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mingchinor mahallasi hududida qurilishi boshlangan tikuvchilik korxonasida bo‘lib, qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Uchko‘prik mahallasiga tashrif buyurib, hududda tashkil etilayotgan baliq va baliq urug‘i yetishtirish laboratoriyasi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan mahalla binolarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining borishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan tumandagi 2-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani 20-Uchko‘prik saylov okrugi deputati Alimov Dilshodbek G‘ulomovich tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevral kungi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-62-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida To‘rttol mahallasida amaliy uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholi bilan muloqotni kuchaytirish, mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida To‘rttol mahallasida faoliyat olib borayotgan “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tinchlik Oʻzbekiston tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishi

Bugungi globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlik masalasi barcha davlatlar uchun eng dolzarb vazifalardan biriga aylangan. Xalqaro ziddiyatlar, geosiyosiy qarama-qarshiliklar kuchayib borayotgan bir paytda Oʻzbekiston Respublikasi oʻz tashqi siyosatini
ochiqlik, muloqot va tinchlik tamoyillari asosida izchil olib bormoqda. 

Shveytsariyaning Davos shahrida boʻlib oʻtgan Tinchlik kengashi Nizomini imzolash marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ishtiroki mamlakatimizning global tinchlikni mustahkamlash yoʻlidagi qatʼiy pozitsiyasini
yana bir bor namoyon etdi. 

Mazkur hujjat tinchlikni taʼminlash, mojarolarning oldini olish, davlatlar oʻrtasida oʻzaro ishonch va hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan muhim xalqaro tashabbusdir. Oʻzbekistonning ushbu jarayonda faol ishtiroki mamlakatimizning nafaqat mintaqaviy, balki global miqyosdagi masʼuliyatli davlat sifatidagi nufuzini yanada oshirmoqda. 

Soʻnggi yillarda Prezidentimiz rahbarligida Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda yaxshi qoʻshnichilik, oʻzaro hurmat va pragmatik hamkorlik muhitini shakllantirishga erishdi. Davosdagi ushbu tashabbus ana shu siyosatning mantiqiy davomi boʻlib,
tinchlik-Oʻzbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishi ekanini tasdiqlaydi. 

Deputat sifatida shuni alohida taʼkidlashni istardimki, tinchlik va barqarorliksiz taraqqiyot boʻlishi mumkin emas. Xalqaro maydonda tinchlikparvar tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash orqali Oʻzbekiston, avvalo, oʻz fuqarolarining farovon kelajagi, yosh avlodning tinch va osoyishta hayoti uchun mustahkam poydevor yaratmoqda. 

Bugun Oʻzbekiston dunyoga urush emas, muloqot; qarama-qarshilik emas, hamkorlik; zoʻravonlik emas, tinchlik tarafdori ekanini amaliy harakatlari bilan isbotlamoqda. Bu esa milliy manfaatlarimizga toʻliq mos keladigan, uzoq muddatli va oqilona siyosatdir.

O'.Akkulov
Zomin tuman Kengashi deputati