Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Bobur mahallasida bo‘lib, mahallada faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchisining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Namuna mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar hamda mahalla raisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova tomonidan Ulug‘bek mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan og‘ir mahalla toifasiga kiritilgan Yoshlik mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlarining borishi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ–62-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mingchinor mahallasi hududida qurilishi boshlangan tikuvchilik korxonasida bo‘lib, qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Uchko‘prik mahallasiga tashrif buyurib, hududda tashkil etilayotgan baliq va baliq urug‘i yetishtirish laboratoriyasi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan mahalla binolarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining borishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan tumandagi 2-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani 20-Uchko‘prik saylov okrugi deputati Alimov Dilshodbek G‘ulomovich tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevral kungi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-62-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida To‘rttol mahallasida amaliy uchrashuv tashkil etildi.
Narpay tumanini 2025-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlarni o'rganish ishchi guruhlari o'z ishini boshladi.

Narpay tumanini 2025-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlarni o'rganish ishchi guruhlari o'z ishini boshladi.

✍️Narpay tuman hokimligi Majlislar zalida Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2025-yil 9-dekabr kuni tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi davomida “Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2026-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan” Xalq deputatlari viloyat Kengashi nazoratini o‘rnatish to‘g‘risida”gi VII-22-184-7-0-K/25-son Qarori ijrosini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhining muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida Narpay tumanini 2025 yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi hamda tumanda “Zarbdor tajribasi” asosida sanoat, xizmat va qishloq xo‘jaligi sohalarida amalga oshiriladigan drayver loyihalar ijrosi Xalq deputatlari viloyat Kengashining doimiy komissiyalari hamda viloyat boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi.

✍️Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari boshchiligida tuzilgan ishchi guruhlar Narpay tumanida o‘rganish ishlarini olib borilishi belgilandi.

⚡️

O‘rganish yakunida Narpay tumanida Xalq deputatlari viloyat Kengashining ko‘chma sessiyasi o‘tkazilishi belgilandi.

✈️

@sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 7