Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: Yangiobod mahallasi yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Nurobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: Ulug‘bek mahallasida yoshlar murojaatlari qabul qilindi
янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: Avulmat mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘.Axmedovlar Fayziobod mahallasida yaqinda barpo etilgan piyodalar yo‘lakchasi va amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdilar.
янв.21
Fayziobod mahallasida amalga oshirilgan yo‘l ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
To‘rttol mahallasida sug‘orish infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
To‘rttol mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov hamda tuman hokimi M.Axmadjonovlar Yoshlik mahallasida qurilish ishlari bilan tanishdi
Deputat va fuqarolar uchrashuvi: ochiqlik va hamkorlik ruhida

Joriy yilning yanvar oyida Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati J. Hafizov tomonidan Navoiy shahar “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Mazkur sayyor qabul aholining kundalik hayotida uchrayotgan muammo va masalalarni joyida o‘rganish, fuqarolarning taklif va tashabbuslarini tinglash, shuningdek, ularga qonuniy va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida o‘tkazildi. Bunday uchrashuvlar aholi bilan mahalliy davlat hokimiyati vakillari o‘rtasida ochiq muloqotni ta’minlash, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar sifati va uzluksizligini ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, ish bilan ta’minlash, mahalla hududida obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, infratuzilmani yaxshilash, shuningdek, boshqa qator dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Deputat J. Hafizov har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ular bo‘yicha amaldagi qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida atroflicha tushuntirishlar berdi.

Ayrim masalalarni ijobiy hal etish maqsadida tegishli soha tashkilotlari va mutasaddi idoralarga aniq vazifalar belgilanib, ularning ijrosi deputat nazoratiga olindi. Shu orqali murojaatlarning o‘z vaqtida va samarali hal etilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Sayyor qabul yakunida fuqarolar deputat tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor, ochiq va oshkora muloqot hamda murojaatlarga jiddiy munosabatdan mamnun ekanliklarini bildirdilar. Shuningdek, bunday sayyor qabullar aholi bilan davlat hokimiyati vakillari o‘rtasida o‘zaro ishonchni mustahkamlash, fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Slide 1 of 7