Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U.Achilovlar To‘rttol mahallasida bo‘lib, aholi bilan uyma-uy yurish orqali ochiq muloqotlar o‘tkazdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasi hududida qurilishi rejalashtirilgan briket ko‘mir ishlab chiqarish korxonasi uchun ajratilgan yer maydonida bo‘lib, loyihaning amalga oshirilish jarayonlari bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasidagi 17-maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning faoliyati, tarbiya-o‘quv jarayoni va bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Nishonov 5-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari hamda “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Alimov o‘z saylov okrugida aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Abdullayev Nurobod mahallasida amalga oshirilayotgan yo‘llarni asfaltlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov To‘rttol mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi hamda hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev Obod mahallasida bo‘lib, mahalla raisi, ijtimoiy xodim hamda hokim yordamchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mahalla yettiligi faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish hamda hududda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati N.Nishonovlar Cho‘lobod mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi va hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova Ulug‘bek mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi hamda hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar bilan yaqindan tanishdi.
ICHKI YO‘LLAR HOLATI TAHLIL ETILDI

 Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining “Sanoat, transport, qurilish, kommunal xo‘jaligi, aholiga xizmat ko‘rsatish va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi” tomonidan 2025-yil 16-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qaroriga muvofiq Urganch shahar obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2025-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VII-10-67-12-180-K/25-sonli qarorning ijrosini nazorat qilish borasida o‘rganish islari olib borildi.

Nazorat-tahlil tartibida o‘rganish yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Manzilli
ro‘yxat”ga binoan, shahar hududidagi ta’mirtalab holatda bo‘lgan, jami 18 ta ko‘chalarda ichki yo‘llarnihg bugungi kundagi holati ko‘rib chiqilib,
taqdim qilingan takliflar atroflicha muhokama etilishi hamda yakuniy Xulosa tayyorlanishi ko‘zda tutilgan.

Slide 1 of 1