Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ–62-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mingchinor mahallasi hududida qurilishi boshlangan tikuvchilik korxonasida bo‘lib, qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Uchko‘prik mahallasiga tashrif buyurib, hududda tashkil etilayotgan baliq va baliq urug‘i yetishtirish laboratoriyasi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan mahalla binolarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining borishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan tumandagi 2-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani 20-Uchko‘prik saylov okrugi deputati Alimov Dilshodbek G‘ulomovich tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevral kungi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-62-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida To‘rttol mahallasida amaliy uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholi bilan muloqotni kuchaytirish, mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida To‘rttol mahallasida faoliyat olib borayotgan “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.G‘oziyev hamda kotibiyat xodimlari tomonidan tumandagi 11-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning sportga jalb etilishi, mavjud sport to‘garaklari faoliyati, shuningdek, sport jihozlari va sport zallarining holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Abdullayev tumandagi 3-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Sessiya

    Amudaryo tumani hokimligida yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi o‘tkazildi. Sessiyada deputatlar, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tashkilotlar rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Sessiya ishida deputatlar, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

    Sessiya O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat madhiyalari sadolari ostida ochildi. Sessiya majlisiga Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi raisi, tuman hokimi Sobir Xo‘jametov raislik qildi.  

Kun tartibida 2026-yilga mo‘ljallangan tuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturi, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, davlat tili masalalari va yer solig‘i bo‘yicha hisobotlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, qonunchilikka muvofiq Amudaryo tuman Kengashi raisi saylovi o‘tkazilib, deputat Alisher Yo‘ldashev Kengash raisi etib saylandi.

Sessiya yakunida barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 14