Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani 20-Uchko‘prik saylov okrugi deputati Alimov Dilshodbek G‘ulomovich tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevral kungi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-62-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug'nor tumani Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida To‘rttol mahallasida amaliy uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tomonidan aholi bilan muloqotni kuchaytirish, mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida To‘rttol mahallasida faoliyat olib borayotgan “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.G‘oziyev hamda kotibiyat xodimlari tomonidan tumandagi 11-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning sportga jalb etilishi, mavjud sport to‘garaklari faoliyati, shuningdek, sport jihozlari va sport zallarining holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Abdullayev tumandagi 3-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi raisi X.Raximov tomonidan Kelajak mahallasi uchun barpo etilayotgan yangi ma’muriy bino qurilishi holati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.G‘oziyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev va G.Abduvositovalar tomonidan Oq-tom mahallasida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati X.Atajonovalar tomonidan Ulug‘bek mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari holati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining o‘n to’rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining o‘n to’rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya davomida Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi raisini saylash masalasi ko'rib chiqilib tuman Kengashi raisi etib Zikiryayev Abduaziz Amonovich bir ovozdan saylandi. Shuningdek tumanning 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash hamda  yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik hamda yer qa’ridan foydalanganlik uchun belgilangan soliq stavkalariga kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llash,O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-oktabrdagi 24/24-171-sonli majlisi bayoni va Jizzax viloyati hokimining 2025-yil 6-dekabrdagi        01-1626-sonli Ishchi guruhining viloyatdagi boshqarmalar, idoralar va tashkilotlar (viloyat, tuman va shahar bo‘linmalari kesimida)da O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonun hujjatlari ijrosi ta’minlanishi holati to’g’risida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi “Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-468-son qarorining tumandagi ijrosi bo‘yicha tuman hokimi o‘rinbosarlarining hisoboti to’g’risidagi masalalari muhokama etildi. Xalq deputatlari Baxmal tuman  Kengashining 14-sessiyasi kun tartibidagi masala ko‘rib chiqildi  va bildirilgan fikr mulohazalar inobatga olinib tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 12